Banu al-Furot () 9-asr oxiri va 10-asr boshlarida Abbosiylar xalifaligida faoliyat yuritgan shia oilasi boʻlib, oilaning bir necha aʼzolari vazir lavozimini egallagan fuqarolik amaldorlari edi. Manbalarda oila aʼzolari asosan shunchaki Ibn al-Furot deb eslab oʻtilgan. Ushbu oila oʻz raqibi Banu al-Jarroh bilan birga 10-asr boshidagi oʻn yilliklar davomida xalifalik markaziy boshqaruvini nazorat qilib kelishgan.

Oilaning eng mashhur aʼzolari quyidagilar: Abulabbos Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn al-Hasan ibn al-Furot (904-yilda vafot etgan) vafotiga qadar al-Muʼtazid va al-Muktafiyning bosh moliya vaziri lavozimida xizmat qilgan. Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Muso ibn al-Hasan ibn al-Furot (855—904) akasi Ahmadning oʻrinbosari lavozimida ish boshlab, 908—912, 917—918 va 923—924-yillarda vazir boʻlgan. 924-yil iyulda hokimiyatdan chetlatilib, oʻgʻli al-Muhassin bilan birgalikda qamoqqa olingan hamda qatl qilingan. Abulxattob Jaʼfar ibn Muhammad ibn Muso ibn al-Hasan ibn al-Furot (909/910-yilda vafot etgan) 908-yilda vafotiga qadar Sharq va Gʻarb yerlari boʻlimi rahbari boʻlgan. Al-Fadl ibn Jaʼfar ibn al-Furot (938-yilda vafot etgan) yer daromadlari boʻyicha moliya vazirliklarida bir necha lavozimlarni egallagan, 932 va 937-yillarda esa bir necha oy davomida vazir lavozimida faoliyat yuritgan. Xalifa al-Muqtadir billohning soʻnggi vaziri boʻlgan. Shuningdek, xalifa ar-Radiy davrida ham vazir boʻlgan. Abulfadl Jaʼfar ibn al-Fadl ibn al-Furot (921—1001) Ibn Hinzaba ismi bilan ham atalgan. Misr Ixshidiylari vaziri. Mamlakatni Fotimiylar egallagungacha boʻlgan soʻnggi yillarda maʼmuriyatni boshqargan.

Manbalar

Adabiyotlar

Abdullah Burgu, Vizier Ibn al-Furât and His Family During the Collapse of Abbasids (PhD thesis under preparation, Selcuk University) Turkum:Banu al-Furot Turkum:Abbosiylar xalifaligi hukumati Turkum:Arab etnik guruhlari