Rusudan Gotsiridze (; 1975-yil 8-fevralda Tbilisida tugʻilgan) – Gruziya yevangelist baptistlar cherkovining yepiskopi va ayollar huquqlari himoyachisi. U Gruziyadagi birinchi ayol baptist yepiskopi boʻlgan. U gender zoʻravonligiga qarshi kurashgan, ayollar tengligini himoya qilgan va diniy ozchiliklar uchun dinlararo muloqotlarni tashkil etgan. Shuningdek, Rusudan Gotsiridze Gruziyada LGBT hamjamiyatining huquqlarini ochiq qoʻllab-quvvatlagan birinchi diniy yetakchilardan biri boʻlgan. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6-Diniy Ozchiliklar Forumida Gruziyadagi diniy ozchiklar haqida nutq soʻzlagan.
U 2014-yilda „Xalqaro jasoratli ayollar“ (International Women of Courage) mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar Choy piyolasi teologiyasi: Rusudan Gotsiridzening TEDxTbilisidagi nutqi
Turkum:Ayol yepiskoplar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gruziyalik ayollar huquqi himoyachilari Turkum:Gruziyalik feministlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Tbilisilik ruhoniylar Turkum:Tbilisi davlat universiteti bitiruvchilari