Nasibuddin, xalq orasida Bobo Nasibuddin Gʻoziy (Kashmiriy)as per an article issued by Jammu and Kashmir Cultural Academy soʻfiy ustozi, suhravardiya tariqatiga ergashuvchi, Srinagarda tugʻilgan shoir va yozuvchi boʻlib, koʻp sayohat qilgan. „Abul-Fuqra“"" (barcha faqirlarning otasi) nomi bilan ham ataladi va u mashhur soʻfiy avliyo Bobo Dovud-i Xokiyning xalifasi boʻlgan.
Yoshlik davri U Ravalpindi shahridan boʻlib, otasi Mir Hasan Roziy bilan Kashmirga kelgan. Nasibuddin 7 yoshida ruhiy taʼlim olish uchun Sulton al-orifin shayx Hamza Maxdum huzuriga borib, unga shogird boʻladi, keyinroq Maxdum Bobo Nasibni Pir Bobo Dovud Xokiyga topshiradi.
Faoliyati Bobo Nasib qobiliyatli fors va kashmir yozuvchisi boʻlib, Islom dinini targʻib qilish paytida eng muammoli hududlarga tashrif buyurdi, jumladan, Tibet, Iskardu, Karna, Dardiston, Baltistan, Kishtvar, Doda, Baderva, Punch, Rajouri, Nowshera, Budgam va boshqalar. Masjidlar va hammomlar, musofir xonadonlari, koʻpriklar, yoʻllarning ikki tomoniga koʻchatlar oʻtqazdi va odamlarga islom dini haqida taʼlim berish uchun bordi. Qurilish ishlarini targʻib qildi, islom dinini yoyishda asosiy rol oʻynab, „Gʻoziy“ unvoniga sazovor boʻldi. U oʻziga „Nasib“ nisbasini olgan (baʼzida Miskin, Nasib Kashmiriydan foydalangan). Uning huzurida koʻp odamlar yigʻilgan, shuning uchun u faqirlar otasi „Abul fuqaro“ nisbasi bilan xalq orasida mashhur boʻlgan.
Bobo Nasibuddin Gʻoziy va bir qancha shogirdlari, Shayx Moʻmin, Hoji Bobo, Bobo Abdulloh Guzaryaliy, Muhammad Amin Soʻfi, Mulla Zehri Kashmiriy, Xavaja Muhammad Amin Gʻoziy, Mulla Tayub Tohiriy va boshqalar mashhur.
Asarlari Maʼlumotlarga koʻra, Baba Nasibuddin Gʻoziy 22 ga yaqin kitob yozgan, ushbu kitoblar asosan arab va fors tillarida boʻlgan.
Nur Namah (Nund Rishi biografiyasi fors tilida). Reshi Namah.
Vafoti Abul Fuqaro 1047-yilning (hijriy) 13-muharramida bu dunyoni tark etdi va Kashmirning eski Bijbehara shahrida dafn qilindi. Uning yillik Urs bayrami Muharram oyining 13-kunida nishonlanadi. Uning qabri Bobo Mohallohda joylashgan boʻlib, qabri koʻrinish jihatidan kvadrat shaklida joylashgan. Manbalar