Abu Amr Amir ibn Sharahil ibn Abdulkufiy ash-Shaʼbiy (; 641-yilda tugʻilgan – 723-yilda vafot etgan), asosan, Imom ash-Shaʼbiy, Imom Shaʼbiy yoki ash-Shaʼbiy nomi bilan tanilgan, tobeinlar safida boʻlgan taniqli arab tarixchisi, fiqhshunos, xalifa Umar ibn al-Xattob hukmronligi davrida tugʻilgan.
Kufa shahrining yetakchi ilmiy va siyosiy arboblaridan biri boʻlgan ash-Shaʼbiy Iroqdagi siyosiy kurashlarda faol ishtirok etgan. Bu kurashlar Abdulloh ibn az-Zubayr, Muxtor as-Saqafiy, Hajjoj ibn Yusuf va Ibn al-Ash’as oʻrtasida kechgan.
Ash-Shaʼbiy islom huquqi rivojida muhim oʻrin tutgan ilk faqihlardan biri boʻlgan. Abdurazzoq as-Sanʼoniy hamda Ibn Abu Shayba kabi mashhur olimlar unga ergashganlar qatorida turishadi. Ash-Shabiy tarixiy voqealarning xronologiyasini qayta tiklashga katta qiziqish bildirgan. Unga nisbat berilgan rivoyatlar, asosan, xalifalikning sharqiy viloyatlaridagi fathlarga oid boʻlib, ulardan biri paygʻambar Muhammad hayotining xronologiyasini tasvirlaydi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Roshidun xalifaligi kishilari Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Arab musulmonlari