„Faith“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning, toʻrtinchi studiyaviy albomi – After Hours tarkibiga kiruvchi qoʻshigʻi. Ushbu trek albom chiqishidan oldingi reklama materiallari orqali bir necha bor anons qilingan boʻlib, qoʻshiqning kirish qismi 2020-yil 13-fevral kuni After Hours tizeri orqali ilk bor eshittirilgan edi. Qoʻshiqning ikkinchi kupleti va yakuniy qismi esa 2020-yil 4-mart kuni taqdim etilgan albom nomi bilan atalgan qisqa metrajli film orqali taqdim etilgan. „Faith“ rasmiy ravishda 2020-yil 20-mart kuni albomning boshqa treklari bilan birga chiqarilgan. Qoʻshiq The Weeknd tomonidan Metro Boomin va Illangelo bilan hamkorlikda yozilgan va ishlab chiqilgan boʻlib, qoʻshimcha mualliflik huquqlari kanadalik reper Bellyga ham tegishlidir.
Tarixi va chiqarilishi 2020-yil fevral oyi boshida The Weeknd After Hours albomining treylerini taqdim etdi, unda albomdagi sakkizinchi trek – „Faith“ qoʻshigʻining kirish qismi ishlatilingan edi. Keyinchalik, 4-mart kuni albomning oʻz nomi bilan atalgan qisqa metrajli film taqdim etildi va unda mazkur qoʻshiqning ikkinchi kupleti hamda yakuniy qismi namoyish etildi. Qoʻshiqning studiya versiyasi esa 20-mart kuni albomning qolgan kompozitsiyalari bilan birgalikda chiqarildi.
Matni va kompozitsiyasi Variety nashridan Jem Aswad bilan After Hours albomining tinglov seansi chogʻida The Weeknd „Faith“ qoʻshigʻi mazmuni haqida quyidagilarni aytib oʻtdi:
Qoʻshiqni yaratish jarayonida The Weeknd, garchi oʻsha davrdagi hayotini eslashni istamas-da, oʻzini anglash jarayoni sifatida, endi u ilgarigi odam emasligini tushunish uchun shunday qilishga majbur ekanligini aytib oʻtgan.
Qoʻshiqda Princening „Purple Rain“, R. E.M. guruhining „Losing My Religion“ va Travis Scottning „Sicko Mode“ singllariga qilingan ishoralarga ega.
Tanqidiy qabul Tanqidchilar qoʻshiqni albomning yorqin lahzasi deb hisoblashdi. GQ jurnalidan Max Cea uni alternativ R&B janridagi shedevr asarlardan biri deb atadi. U The Weekndning matni va vokalini, shuningdek, trekning prodyuserligini yuqori baholadi, ayniqsa qoʻshiqning oxiri qismiga eʼtibor qaratib, u „Blinding Lights“ qoʻshigʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri tutashishini taʼkidladi. Rolling Stone nashridan Jon Dolan ham qoʻshiq haqida ijobiy fikr bildirar ekan, uni buyuk asar deb taʼrifladi va The Weekndning vokali hamda Metro Boominning prodyuserligini alohida maqtadi. Qoʻshiqda synthwave uslubining ishlatilishi Kavinskyning debyut singli „Nightcall“ni eslatar edi.
Bekor qilingan musiqiy klipi Rolling Stone bilan boʻlgan suhbatda The Weeknd „Faith“, „Escape from LA“ va „Too Late“ qoʻshiqlari uchun yana uchta klip suratga olish rejasi borligi aytilgan, lekin ularni qachon olish mumkinligi nomaʼlum edi. Hozircha faqat „Too Late“ qoʻshigʻi uchun videoklip chiqarilgan, „Escape from LA“ va „Faith“ kliplarining taqdiri esa hozirgacha ham nomaʼlumligicha qolmoqda.
Tijoriy muvaffaqiyati Albom chiqarilganidan soʻng, „Faith“ 2020-yil 4-aprel sanasidagi Billboard Hot 100 chartida 45-oʻrinni egalladi. Bu oʻsha haftada After Hours albomidan eng yuqori natija koʻrsatgan oʻn ikkinchi qoʻshiq boʻldi.
Oʻzgartirilgan qoʻshiq matni Abel São Paulo shahrida konsert berayotganda, qoʻshiqda aslida „I'm losing my religion every day“ („Men har kuni eʼtiqodimni yoʻqotyapman“) deyilishi kerak edi, lekin uning oʻrniga „I think I've found my religion in São Paulo“ („Menimcha, men São Pauloda oʻz eʼtiqodimni topdim“) deydi.
Xodimlar Maʼlumotlar Tidaldan olingan.
The Weeknd – vokal, qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Metro Boomin – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Illangelo – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash Belly – qoʻshiq muallifi Dave Kutch – mastering Kevin Peterson – mastering
Chartlar Chart (2020)Eng yuqorioʻrin Rolling Stone Top 10017 (Eesti Tipp-40)34 (SNEP)85 (IFPI)31 (AGATA)36
Sertifikatsiya +„Faith“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAvstraliya (ARIA)Oltin35,000Braziliya ((Pro-Música Brasil)Oltin20,000
Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)Har xil2020-yil 20-mart
Manbalar
Havolalar
Turkum:2020-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar