Abu Yaaza Yalnur ibn Maymun ibn Abdulloh Dukkali Hazmiriy al-Gʻarbiy (vafoti Shavvol oyining 1-sanasi hijriy 572-yil /2-aprel milodiy 1177-yil) (shuningdek, Bouazza nomi bilan ham mashhur) – 12-asr marokashlik soʻfiy avliyosi hisoblanadi.

Hayoti va faoliyati Abu Yaaza Atlantika sohilidagi berber qabilasidan boʻlgan. U Abu Shuaybning shogirdi va Abu Madyanning ustozlaridan biri. Abu al-Abbos al-Azafiy uning tarjimai holini „Di’amat al-yaqin fi zaʼamat al-muttaqin“ („Xudodan qoʻrquvchilar yetakchiligida ishonch ustuni“) asarida yozib qoldirgan. Uning qabri va masjidi 1691-yilda Sulton Mavlono Ismoil tomonidan taʼmirlangan. Har yili uning sharafiga mavsumiy tantanalar oʻtkaziladiHalima Ferhat, Le soufisme et les zaouias au Maghreb, Casablanca, Toubkal, 2003, p.131-136 va 102.

Uning maqbarasi Moulay Bouazza shahrida joylashgan.

Manbalar

Turkum:Marokash soʻfiylari