Abdulloh al-Battol (; 740-yilda vafot etgan) – VIII boshlarida Arab–Vizantiya urushlarida qatnashgan musulmon arab qoʻmondoni. Umaviylar xalifaligi tomonidan Vizantiya imperiyasiga qarshi boshlangan bir necha harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Uning hayotiga oid tarixiy maʼlumotlar juda kam.

Biografiyasi Abdulloh al-Battolning kelib chiqishi yoki yoshlik yillari haqida maʼlumotlar mavjud emas. Keyinchalik berilgan maʼlumotlarga koʻra, uning Antioxiya yoki Damashqdan kelib chiqqanligi, shuningdek, Umaviylar sulolasining mavlosi boʻlganligi aytiladi. Abu Muhammad, Abu Yahyo yoki Abu al-Husayn kabi kunyalari boʻlgan va aynan shu nomlar bilan tanilganCanard (1960), pp. 1002–1003Athamina (2011). Abdullohga al-Antaqiy nisbasining berilgani uning arab qabilasiga mansub emasligini koʻrsatadi. Shundan kelib chiqib Abdulloh ismini ham islomni qabul qilganidan keyin olgan boʻlishi mumkin.

Manbalar

Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:740-yilda vafot etganlar