Edith Bruck (1931-yil 3-mayda tugʻilgan)Edith Bruck: Who love you like this. Philadelphia: Paul Dry Books, 2001, p. 3; Philip Balma: Edith Bruck in the Mirror. Fictional Transitions and Cinematic Narratives (Shofar Supplements in Jewish Studies). West Lafayette, IN: Purdue UP, 2014, p. 2. Recently Edith Bruck claimed her birth year was often wrongly stated as 1932, while the correct year was 1931. Podcast source , minute 1:34:43 – vengriyalik yozuvchi, rejissyor. Asosan, Italiyada istiqomat qiladi va italyan tilida ijod qiladi.
Yoshlik davri Edith Bruck 1931-yilda Ukraina chegarasi yaqinidagi Tiszabercel qishlogʻida kambagʻal oilada dunyoga kelgan. 1944-yilda ota-onasi, ikki ukasi va opasi bilan birga Osvensim konslageriga yuborilgan va shu yerda onasi vafot etgan. Keyinchalik oilasi Daxauga koʻchirilgan va u yerda otasidan ayrilgan. Soʻngra Christianstadtga va nihoyat, Bergen-Belsen lageriga joʻnatilgan. Shuningdek, Bruckning bir ukasi ham konsentratsion lagerda vafot etgan. Bruck esa dastlab Vengriyaga qaytgan, keyinchalik Chexoslovakiyaga ketib, oʻsha yerda boshqa bir opasining oilasi bilan birga yashagan.
Karyerasi 1959-yilda u oʻzining „Chi ti ama così“ avtobiografiyasini nashr etgan.
1971-yilda Bruck oʻzining „Sulla porta“ deb nomlangan ilk pyesasini yozgan. Shuningdek, Rim shahrida tashkil etilgan „Teatro della Maddalena“ teatrining asoschilaridan biri hisoblangan. 1970-yillardan 1990-yillarga qadar Italiya davlat telekanali RAIda rejissyor va ssenariynavis sifatida faoliyat yuritgan.
Bruck venger shoirlari Attila József va Miklós Radnóti asarlarini italyan tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, asarlari boshqa tillarga, jumladan, venger, daniya, golland, ingliz va nemis tillariga tarjima qilingan.
Shaxsiy hayoti 16 yoshida Bruck Milan Grünga turmushga chiqqan va oila Isroilga koʻchib oʻtgan. Biroq ular keyingi yili ajrashishgan. Soʻngra Bruck Dany Roth bilan oila qurgan, ammo bu nikoh ham ajralish bilan yakun topgan. Keyinchalik harbiy xizmatdan qochish maqsadida Bruck ismli tanishi bilan turmush qurgan. 20 yoshida u bilan ajrashgan boʻlsa-da, biroq erining familiyasini saqlab qolgan. 1954-yilda Bruck Rimga koʻchib oʻtgan hamda keyinchalik italiyalik yozuvchi va rejissyor Nelo Risiga turmushga chiqqan.
Manbalar
Havolalar
EDITH BRUCK – Rivista Primi Piani Edith Bruck, eine Stimme der Shoah – by Giorgia Sogos Wiquel