Dovbush – ukrainalik rejissyor Oles Saninning tarixiy badiiy filmi boʻlib, filmda XVIII asrda Oleksa Dovbush boshchiligidagi Karpat qoʻzgʻolonchilari harakati aks ettirilgan. Asosiy rollarni Sergey Strelnikov, Aleksey Gnatkovskiy va Darya Plaxtiy ijro etgan. Film Ukraina kinoteatrlarida 2023-yil 24-avgustda namoyish etilgan. Natijada film Ukrainaning eng yirik va qimmat filmlaridan biriga aylandi.

Film syujeti Film voqealari XVIII asr boshlarida Karpatda sodir boʻladi. Polyak shlyaxtasining shafqatsiz hukmronligi hutsullarni togʻlarga qochishga majbur qiladi. Quvgʻinga uchragan ikki aka-uka Oleksa va Ivan Dovbushlar oprishkalarga (xalq isyonchilari) aylanishadi. Ota-onasini oʻldirgan panlardan qasos olish maqsad qilgan aka-ukalar tez orada oʻzaro dushmanlarga aylanadilar. Biri pulni, ikkinchisi adolatni istaydi. Hutsullar Oleks boshchiligidagi qoʻzgʻolonni boshlaydilar.

Rollarda

Sergey Strelnikov – Oleksa Dovbush Aleksey Gnatkovskiy – Ivan Dovbush Daria Plaxtiy – Marichka Agata Buzek – malika Yablunovskaya Mateush Kosciuskevich – polkovnik Przeluski Yerji Sheybal – Józef Potocki Aleksandr Mavrits – Stefan Dzvinchuk Luzer Tverski - Baal Shem Tov Rostislav Derjipilskiy – oprishok Pravitsa, Ivan Dovbushning ustozi Dmitriy Vivcharyuk – oprishok Zabo Roman Yasinovskiy – oprishok Adam Oleg Shulga – oprishok „Strelok“ Vladimir Belyaev – Skar Oleg Drach – graf Dengof Katerina Pavlenko – Molfar Artem Milevski – korchma egasi

Suratga olish ishlari va namoyish qilinishi Suratga olish ishlari texnik sabablarga koʻra, koronavirus pandemiyasi tufayli bir necha bor qoldirildi. Qayta suratga olish ishlari 2021-yilning bahorida boshlangan va Karpat togʻlarida boʻlib oʻtgan. Film premyerasi dastlab 2021-yilning kuziga rejalashtirilgandi, keyinchalik esa 2022-yilning bahoriga koʻchirildi, ammo Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirishi tufayli film faqat 2023-yil 24-avgustda Ukraina kinoteatrlarida namoyish etildi.

Suratga olish ishlari Karpat, Lvov, Ternopol viloyati va Kiyevda boʻlib oʻtgan. Lokatsiyalar orasida Lvov viloyatidagi qadimiy qal’alar (xususan, Svirjskiy) va XVIII asrning birinchi yarmi davri muhitini yaratishga imkon beradigan boshqa tarixiy obyektlar mavjud.

Filmning byudjeti taxminan 120 million grivna (3 million dollardan ortiq) boʻlib, shundan 65 millioni Ukraina davlat kino agentligi tomonidan berilgan. Tasvirga olish uchun 1000 dan ortiq liboslar tikilgan boʻlib, ular ustida 3000 dan ortiq kostyum dizaynerlari ishlashgan, suratga olish jarayonida bir vaqtning oʻzida ishtirok etganlar soni 600 ga yaqin kishini tashkil etgan.

Manbalar

Turkum:2023-yil filmlari Turkum:Ukraina tarixiy filmlari