An-Naima (), shuningdek, an-Naime yoki Elnayma, Suriya janubida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasi tarkibiga kiradi. Daraadan sharqda joylashgan. Shimoli-gʻarbda Ataman, sharqda esa Saida bilan chegaradosh.

Tarixi 1596-yilgi Usmoniylar soliq roʻyxatlarida qishloq nomi Nuayma tarzida qoʻllanib, Havron qadasining Butayna nohiyasi tarkibiga kirgan. Aholisi 35 xonadon, 12 boʻydoqdan iborat musulmonlar edi. Aholi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, bugʻdoy, arpa, yozgi ekinlar, echkilar va asalari uyalaridan 40% qatʼiy belgilangan soliq toʻlagan. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan boshqa daromadlardan ham soliq olingan. Umumiy soliq miqdori akçeni tashkil etganHütteroth and Abdulfattah, 1977, p. 214. XIX asr boshlarida qishloq butunlay tashlandiq holatga kelgan edi. 1838-yilda Eli Smith ushbu joy Haj yoʻlining gʻarbida joylashgani va vayronaga aylanib qolganini qayd etganRobinson and Smith, 1841, vol 3, 2nd appendix, p. 161.

1850-yillarda, gʻalla yetishtirish qayta avj olgan paytda, Damashq va Yevropa bozorlarida oʻsib borayotgan talabni qondirish maqsadida qishloqni Daraa shahri aholisi qayta barpo etganWetzstein, 1860, pp. 85, 138; cited in Lewis, 2000, p. 39.

Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda an-Naima aholisi kishini tashkil qilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Map of town, Google Maps Deraa-map, 22L

Turkum:Daraa okrugi aholi punktlari