Marianne Katharina „Käthe“ Leichter (1895-yil 20-avgust, Vena, Avstriya – 1942-yil fevral) – avstriyalik yahudiy iqtisodchi, ayollar huquqlari faoli, jurnalist va siyosatchi. Avstriya Sotsial-Demokratik Partiyasi va Vena Mehnat Palatasining aʼzosi boʻlgan. Natsistlar rejimi davrida Ravensbryuk konslagerida hibsga olingan va 1942-yilda Bernburg Evtanaziya markazida gaz bilan oʻldirilgan.
Yoshlik yillari Leichterning tavallud paytidagi ismi Marianne Katharina Pick boʻlgan. 1895-yilda Vena shahrida yahudiylar huquqshunos Josef Pick (1849-yil, Náchod – 1926-yil) va Charlotte „Lotte“ Rubinstein (1871-yil, Galats – 1939-yil) oilasida dunyoga kelgangeni.com. Leichterning katta singlisi avstriya-amerikalik kompozitor va musiqa terapevti Vally Weigl boʻlgan.
Käthe 1914-yilda Beamten-Töchter litseyini tamomlagan va keyinchalik Vena universitetida siyosatshunoslik boʻyicha oʻqishni boshlagan. Oʻsha paytda avstriyalik ayollarga oliy oʻquv yurtini tugatish huquqi berilmaganligi sababli 1917-yilda Germaniyaning Heidelberg universitetiga oʻqishini koʻchirgan. 1918-yilning iyul oyida oʻqishni tugatgan va Vena shahriga qaytib, oʻqishni universitetda yana ikki semestr davom ettirgan.
Shaxsiy hayoti thumb|Feuerhalle Simmering, Leichterlar oilasi qabri. Leichter 1921-yilda sotsialist va jurnalist bilan oila qurgan. Ularning birinchi oʻgʻli Heinz 1924-yilda, ikkinchi oʻgʻli Franz esa 1930-yilda dunyoga kelgan.
Siyosiy taʼqib va oʻlimi 1934-yilning fevral oyida Avstriyada SDAPÖ (; ) faoliyati taqiqlab qoʻyildi. Shundan soʻng Leichter Revolutionäre Sozialisten (Inqilobiy sotsialistlar) nomli yer osti sotsialistik tashkilotiga qoʻshildi. 1934-yilda u va eri Otto Leichter vatanidan 6 oyga Syurixga koʻchib oʻtishdi, ammo Leichter „Inqilobiy sotsialistlar“ning taʼlim boʻyicha raisi etib saylangach, er-xotin Vena shahriga qaytib keldi. Leichter anti-fashistik risolalar yozgan va xorijda Maria Mahler va Anna Gärtner taxalluslari bilan oʻz maqolalarini nashr ettirgan. Natsistlar partiyasi 1938-yilda Anshlyusda Avstriyani istilo qilganida, Leichter oilasi bilan Avstriyadan qochishga urindi. Garchi uning oilasi vatanidan qochishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, Leichterning oʻzi 1938-yil 30-mayda Vena shahrida Gestapo tomonidan hibsga olindi va keyinchalik qamoqqa tashlandi. 1940-yilda esa Ravensbrück konsentratsion lageriga joʻnatildi va 1942-yil boshlarida Bernburg Evtanaziyasi markazida gaz bilan oʻldirildi.
Merosi 1949-yilda Vena shahrining Hietzing tumanida joylashgan koʻchaga Käthe-Leichter-Gasse nomi berilgan. Shu bilan birga, Avstriya hukumati har yili bir nafar ayol tarixchiga topshiradigan mukofot ham Käthe Leichter xotirasiga bagʻishlangan.
Manbalar
Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:Avstriyada tugʻilganlar Turkum:Venada tugʻilganlar Turkum:Jurnalistlar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Siyosatchi ayollar