thumb|2015-yildan beri shunday koʻrinishga ega boʻlgan Anton Bruckner xususiy universitetining yangi binosi thumb|Anton Bruckner xususiy universitetining eski binosi Anton Bruckner xususiy universiteti (, tez-tez ishlatiladigan qisqacha shakli: Brukner universiteti) – Avstriyada joylashgan beshta musiqa, drama va raqs boʻyicha universitetlaridan biri, 2009-yilda Yevropa madaniyat poytaxti Linz shahrida joylashgan toʻrt universitetdan biri. Dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 850 nafar talaba tahsil oladi. Talabalarga 200 nafar professor-oʻqituvchi, xalqaro miqyosda tanilgan sanʼatkorlar, olimlar va oʻqituvchilar taʼlim beradi. Talabalar va oʻqituvchilarning 30% dan ortigʻi chet eldan keladi. Universitet 2004-yilda Avstriya xususiy universitetlari konferensiyasi doirasida akkreditatsiyadan oʻtgan xususiy universitet maqomiga ega boʻlgan (uning nomi 1932-yildan 2004-yilga qadar Bruckner Conservatory Linz edi, ammo institutning ildizlari 1823, hatto 1799-yilga borib taqaladi)[ iqtibos kerak ].

Yuqori Avstriya viloyati hukumati badiiy taʼlimga alohida eʼtibor qaratadi, shuning uchun ham shunga oʻxshash muassasalar bilan solishtirganda oʻqish toʻlovlari ushbu universitetda oʻrtacha hisoblanadi.

Universitet avstriyalik bastakor Anton Bruckner (1824–1896) sharafiga nomlangan.

ABPU musiqa, drama va raqs sohasida taʼlim beruvchi universitet hisoblanadi. Universitetning sanʼat faoliyati har bir sohada ijro etish, pedagogika va tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan boʻlib, badiiy muloqot, rivojlanish va targʻibotga teng eʼtibor qaratiladi.

Tarixi Michael Haydn, Mozart va Beethovenning yaqin doʻsti Franz Xaver Glöggl 1799-yilda Linsda birinchi musiqa maktabini tashkil etdi. Shundan keyin 1823-yilda yangi tashkil etilgan Linz Musical Society (Lins musiqa jamiyati) qoʻshiqchilik maktabiga asos soldi. Aynan shu maktab keyinchalik Anton Bruckner xususiy universitetiga asos boʻldi.

Erasmus Yangi avlod dasturi Erasmus+ni tashkil etish jarayonida ABPU 2014-yilda Erasmus Charter mukofotiga sazovor boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Anton Bruckner Turkum:Avstriyadagi musiqa maktablari Turkum:Anton Bruckner xususiy universiteti