Zumayl jangi () milodiy 633-yilda Mesopotamiyada boʻlib oʻtgan. Bu jang musulmonlarning tomonidan ushbu hududni zabt etish jarayonidagi katta gʻalabalardan biri boʻlgan. Tunda arab musulmonlari Sosoniylar imperiyasiga sodiq boʻlgan nasroniy arab qoʻshinlariga uch tomondan hujum uyushtirishgan. Kutilmagan hujumga bardosh bera olmagan nasroniy arablar tarqalishga harakat qilishgan, biroq jang maydonidan qochishga ulgura olmagan va Xolid ibn Valid qoʻmondonligidagi qoʻshinlar tomonidan uch tomonlama hujum ostida qolib ketgan. Zumaylda nasroniy arab qoʻshinining deyarli barchasi Xolidning qoʻshini tomonidan qirib tashlangan.
Urush oqibati Ushbu janglar Mesopotamiyadagi forslar nazoratining yakunlanishiga olib keldi va natijada bu hudud toʻliq Islom xalifaligi qoʻliga oʻtdi.
Adabiyotlar A. I. Akram, The Sword of Allah: Khalid bin al-Waleed, His Life and Campaigns, Nat. Publishing House, Rawalpindi (1970)
Havolalar A. I. Akram, The Sword of Allah: Khalid bin al-Waleed, His Life and Campaigns Lahore, 1969
Turkum:Xolid ibn al-Volidning janglari Turkum:633 Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar