„The Memoirs of Sherlock Holmes“ () — shotland yozuvchisi Arthur Conan Doyle yaratgan izquvar Sherlock Holmes haqidagi 12 hikoyani oʻzida jamlagan toʻplam. Ilk bor 1893-yil 1894-yil sanasi bilan chop etilgan. Detektiv Sherlock Holmes haqidagi „The Adventures of Sherlock Holmes“ toʻplamidan keyin chop etilgan ikkinchi hikoyalar toʻplami. Har ikki toʻplam uchun rasmlarni Sidney Paget chizgan.
Toʻplamga kiritilgan hikoyalar 1892-yilning dekabridan 1893-yilning dekabriga qadar „The Strand Magazine“ jurnalida eʼlon qilingan. Jurnalda hikoyalar 13-dan 24-ga qadar tartib raqami bilan chop etilgan. Masalan, „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasi „XXIV.—The Adventure of the Final Problem“ nomi bilan chop etilgan. AQSHda esa „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasidan boshqa barcha hikoya „Harper's Weekly“ jurnalida eʼlon qilingan. „Holmesning soʻnggi ishi“ esa „McClure's Magazine“ jurnalida chop etilgan.
Doyle „The Memoirs of Sherlock Holmes“ toʻplamini Holmes haqidagi soʻnggi toʻplam oʻlaroq yozgan, shuning uchun „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasida bosh qahramonni oʻldirishga qaror qilgan. Oʻquvchilar talabi bilan muallif 1901–1902-yillarda „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasidan oldin sodir boʻlgan hodisalar haqidagi „Baskervillar iti“ romanini yozgan. Keyingi yilda esa „The Return of Sherlock Holmes“ toʻplami chop etilgan. Unda „Holmesning soʻnggi ishi“ hikoyasida Holmes aslida tirik qolgani eʼlon qilingan.
Hikoyalar +„The Memoirs of Sherlock Holmes“ toʻplamiga kiritilgan hikoyalarHikoyaOriginal nomiOriginali ilk bor nashr qilingan sana1"The Adventure of Silver Blaze"1892-yil dekabr2"The Adventure of the Cardboard Box"1893-yil yanvar3„Sargʻish bashara“"The Adventure of the Yellow Face"1893-yil fevral4"The Adventure of the Stockbroker's Clerk"1893-yil mart5"The Adventure of the Gloria Scott"1893-yil aprel6„Musgravelar xonadonining udumi“"The Adventure of the Musgrave Ritual"1893-yil may7"The Adventure of the Reigate Squire"1893-yil iyun8"The Adventure of the Crooked Man"1893-yil iyul9"The Adventure of the Resident Patient"1893-yil avgust10"The Adventure of the Greek Interpreter"1893-yil sentyabr11"The Adventure of the Naval Treaty"1893-yil oktyabr va noyabr12„Holmesning soʻnggi ishi“"The Final Problem"1893-yil dekabr
Manbalar
Havolalar
„The Memoirs of Sherlock Holmes“ Gutenberg loyihasida
Turkum:Hikoya kitoblar