Muzaffar ibn Kaydar (; . ) 9-asrda Abbosiylar xalifaligining Misrdagi noibi boʻlgan. Faoliyati Muzaffar dastlab 832-yilda otasi Kaydar Nasr ibn Abdulloh Misr viloyati noibi etib tayinlanganidan soʻng, Misr xavfsizligi (shurta) boshligʻi lavozimiga tayinlangan. 834-yil bahorda Kaydar vafot etgach, Muzaffar noiblikni oʻz qoʻliga olgan. Muzaffar darhol otasi hayotlik paytida boshlangan Yahyo ibn al-Vazir al-Jaraviy boshchiligidagi isyonni bostirishga uringan. Tinnis yaqinidagi jangda qoʻzgʻolonchilarni magʻlubiyatga uchratgan. Al-Jaraviy asir olingach, uning tarafdorlari tarqalib ketib, qoʻzgʻolonga chek qoʻyilgan; .

Misr solnomachisi al-Kindiyning maʼlumotlariga koʻra, Muzaffar juma namozi paytida takbir aytgan Misrning birinchi noibi boʻlgan. Muzaffarning xalifalik viloyatlarida oʻsha paytda amalga oshirilayotgan mihnaga oid faoliyati bahsli masala hisoblanadi. Ibn Tagʻribirdining xabar berishicha, ulamolarni Qur’on yaratilgani haqidagi masalada sinovdan oʻtkazgan. Biroq bu maʼlumot otasi noiblik qilgan davrda sodir boʻlgan voqealarning takrori boʻlishi ehtimoli mavjud.

834-yilning yozida xalifa al-Muʼtasim turk sarkardasi Ashinasga Misr ustidan nazorat qilish vakolatini bergan. Shundan soʻng, uning nomi butun viloyat boʻylab duo-iltijolarda zikr etila boshlangan. Oradan koʻp oʻtmay, Ashinas Muzaffarni noiblikdan boʻshatib, oʻrniga Musa ibn Abi al-Abbosni tayinlagan; . Muzaffar ishdan boʻshatilgach, Misrdan ketgan. 837-yilda Bobak al-Xurramiyga qarshi olib borilgan urushda al-Afshin qoʻl ostidagi zobitlar qatorida qayd etilgan. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:9-asr eronlik kishilar Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:Soʻgʻdlar