Akbar ( – eng katta) – kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Hukmdorlar Akbar Jaloliddin Muhammad – Boburiylar sulolasidan hukmdor (1556 – 1605). Hindistondagi boburiylar saltanati hukmdori (1556-yildan). Akbar Shoh II – Boburiylar sulolasidan hukmdor (1806 – 1837).

Davlat arboblari Akbar Ahmedov – qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi; Akbar Islomov – qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi; Akbar Mirzoyev – tojikistonlik davlat arbobi; Akbar Toshqulov – oʻzbekistonlik davlat arbobi, huquqshunos; Akbarsho Iskandarov – tojikistonlik davlat arbobi;

Fan arboblari Akbar Asqarov – terapevt, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956); Akbar Hakimov – oʻzbekistonlik sanʼatshunos; Akbar Maxsumov – sovet va tojik olimi, jamoat va davlat arbobi; Akbar Otaxoʻjayev – oʻzbek-sovet eksperimental fizik.

Sanʼatkorlar Akbar Atamuhamedov – oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, aktyor, radio va teleboshlovchi; Akbar Azimov – yogʻoch oʻymakori, naqqosh; Akbar Haydarov – xonanda va sozanda; Akbar Moʻminov – raqqos, baletmeysterrej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi; Akbar Rahimov – kulol, Toshkent kulollik maktabining namoyandasi; Akbarali Ochilov – oʻzbek radiorejissyori va qoʻshiqchisi; Akbarxo‘ja Rasulov – oʻzbekistonlik kino va teatr aktyori.

Sportchilar Akbar Abdirasulov – oʻzbekistonlik futbolchi; Akbar Ismatullayev – oʻzbekistonlik futbolchi; Akbar Joʻrayev – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi; Akbar Oʻktamov – oʻzbekistonlik futbolchi; Akbar Qoʻziyev – oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempionati sovrindori; Akbar Toʻrayev – oʻzbekistonlik futbolchi.

Yozuvchilar Akbar Ganji – eronlik jurnalist, yozuvchi; Akbar Yerevanly – ozarbayjon yozuvchisi, adabiyotshunos olimi, pedagog, dotsent.

Familiyalar Akbarov Akbarova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari Turkum:Arabcha erkaklar ismlari