Margit Bukhalter Feldman (1929-yil 12-iyun —2020-yil 14-aprel) — vengriyalik-amerikalik jamoat notigʻi, oʻqituvchi, faol va Holokostdan omon qolgan inson. Feldman va uning oilasi 1944 yilda kontslagerga joylashtirildi, ota-onasi darhol o'ldirilgan. 15 yoshli qiz o‘zini kattaroq qilib ko‘rsatib, mehnat lageriga yuborilish uchun yetarli yoshda ekanini aytib, omon qolgan. U 1945-yil 15-aprelda Bergen-Belsen kontsentratsion lageridan ozod qilingan. AQShga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, u oila qurdi va jamoat notig‘iga aylandi. U butun hayoti davomida, vafotiga qadar, o‘z boshidan kechirgan voqealarni talabalar bilan bo‘lishib, Holokost dahshatlari haqida xabardorlikni oshirishga harakat qildi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Margit Feldman · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.