Azamat Egamberdiyevich Mirzayev – davlat arbobi, Toshkent viloyati prokurori . 2023—2025-yillarda Navoiy viloyati prokurori boʻlgan. 2025-yil, martidan hozirgacha Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlab kelmoqda.

Taʼlim 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.

Mehnat faoliyati Azamat Mirzaev 2023-yilgacha Qashqadaryo viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlaydi. 2023-yil 7-noyabrida esa Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlanadi. U 2020-yil 26-noyabrdan Navoiy viloyati prokurori boʻlib ishlab kelgan va Bosh prokuraturaga ishga oʻtkazilgan Baxtiyor Ahmedov oʻrnini egallaydi hamda ushbu lavozimda 2025-yil 4-martgacha ishlaydi . 2023-yil avgust oyidan Toshkent viloyatga prokurorlik qilgan Sirojiddin Eshquvvatov 2024-yil sentabrida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimiga tayinlangach, uning vazifalarini amalda viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan Abduqahhor Mullajonov bajaradi. 2025-yil 4-mart kuni Bosh prokurorning buyrugʻiga koʻra Mirzayev Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlanadi .

Manbalar

Turkum:Viloyat prokurorlari Turkum:Prokurorlar Turkum:Prokuratura xodimlari