Tsingoni masjidi () – Mayottadagi Tsingoni shahrida qurilgan masjid. Bu Fransiyadagi eng birinchi tashkil etilgan masjid hisoblanadi.
Tarixi Masjidning qurilgan sanasi aniq emas. Bir manbada masjid qurilishi 1538-yilda amalga oshirilganligi aytilgan. Tadqiqotchilar muqobil ravishda masjidning qurilishini taxminan 1441-yilda sodir boʻlgan deb hisoblashadi. 1994-yilda masjid yonidayangi minora qurilgan. 2016-yilda masjid fransuz tarixiy yodgorligi sifatida tasniflangan. 2019-yildan buyon masjid umumiy 2 million yevroga taʼmirlangan.
Yana qarang
Mayotteda islom Fransiyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar