Beparvolikning nozik sanʼati: Baxtli yashashning oʻzgacha usuli – amerikalik bloger va yozuvchi Mark Manson qalamiga mansub nashr etilgan ikkinchi kitob. Asar dunyodagi eng yirik nashriyot kompaniyalaridan biri boʻlgan HarperCollins Publishersning HarperOne nashriyoti tomonidan 2016-yil 13-sentyabrda chop etilgan. Syujeti Kitob oʻz-oʻzini rivojlantirish sanʼatiga va Manson koʻpchilik odamlarga amalda foyda keltirmaydigan maʼnosiz ijobiylik madaniyati deb hisoblagan narsaga javob sifatida yozilgan. Manson hayotiy qiyinchiliklar aksariyat hollarda hayotga koʻproq maʼno berishini koʻrsatish uchun oʻz hayotidan koʻplab shaxsiy misollarni keltiradi. Uning fikricha, bu yondashuv cheksiz baxt izlashga qaraganda hayotga nisbatan oqilona munosabatdir.

Mansonning qarashlari va yozish uslubi ayrim kishilar tomonidan oʻz-oʻziga yordam berishning umumqabul qilingan tamoyillariga zid deb baholandi, chunki u oʻz fikrlarini ifodalash uchun gʻoyat keskin toʻgʻrilik va odob doirasidan tashqari soʻzlardan foydalangan.

Mavzu jihatidan kitob motivatsiya boʻyicha qoʻllanmalarga oʻxshaydi, lekin mohiyatan ularga tanqidiy munosabatdir. Mansonning taʼkidlashicha, biz qoʻrquv va kamchiliklarimizni qabul qila olsak, muvaffaqiyatsizliklardan qochishni toʻxtatsak, jasorat va qatʼiyat, mas’uliyat va halollikni topamiz.

Jamoatchilik munosabati Kitob birinchi marta „New York Times“ gazetasining haftalik bestsellerlari roʻyxatida paydo boʻladi, 2016-yil 2-oktyabrda „Hayotiy maslahatlar va boshqa turdagi kitoblar“ toifasida oltinchi oʻrinni egallaydi va birinchi marta 2017-yil 16-iyulda yetakchiga aylanadi.

Bundan tashqari, kitob 2016-yil 25-sentyabrda „Hujjatli nasriy va boshqa turdagiasarlar“ nominatsiyasida „Washington Post“ gazetasida haftaning eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida toʻqqizinchi va 2016-yil 23-sentyabrda „Toronto Star“ oʻz-oʻzini rivojlantirish kitoblari roʻyxatida 1-oʻrinni egalladi. Asar 2017-yilda „Barnes&Noble“ tomonidan eng koʻp sotilgan kitobga aylandi, Amazon.com saytidagi bestsellerlar roʻyxatida toʻrtinchi va Kanadadagi eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatida esa toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Manbalar

Turkum:2016-yil kitoblari