Abdurasul Moʻminovich Abdullayev (1958-yil 28-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik teleboshlovchi, „Zakovat“ teleoʻyini asoschisi, Zakovat intellektual klubi prezidenti. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.

Hayoti Abdurasul Abdullayev 1958-yil 28-avgustda Toshkent shahridagi Kirov tumanida tugʻilgan. Oilada yettita farzandning beshinchisi boʻlgan. Otasi veterinar, onasi uy bekasi boʻlgan. Abdurasul Abdullayev 1965—1975-yillarda tumandagi 274-sonli maktabda oʻqidi. Keyinchalik 1976—1981-yillarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining teatr va kino aktyorligi yoʻnalishida tahsil olgan. Institutni tamomlagach 1984—2020-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida muharrir, bosh muharrir, studiya rahbari sifatida mehnat faoliyatini olib bordi.

2001-yilda Abdurasul Abdullayev tomonidan Zakovat intellektual teleoʻyini va klubi tashkil etildi. Teleoʻyin ilk bor Rossiyada „Nima? Qayerda? Qachon?“ (1975) nomi bilan tashkil etilgan. Oʻzbekistonda tashkil etilayotgan yangi teleloyihaga dastlab „Zakovat“ deb nom berishda bir qancha muammolar boʻlgan. Koʻrsatuv Yoshlar va „Oʻzbekiston“ telekanallarida, keyinchalik esa Milliy TVda namoyish qilingan.

Abdurasul Abdullayevga 2021-yil 31-avgustda Turon Fanlar Akademiyasining akademigi ilmiy unvoni berildi.

Mukofot va unvonlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi — 2021-yil 12-oktyabr. Mehnat shuhrati ordeni — 2009-yil. Turon Fanlar Akademiyasining akademigi — 2021-yil 31-avgust.

Yana qarang Zakovat intellektual klubi Zakovat

Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik teleboshlovchilar