Musa ibn Isa ibn Musa al-Hoshimiy () Abbosiylar xalifaligining 8-asrda yashagan shahzodasi. Faoliyati davomida Kufa, Misr, Damashq, Makka, Madina va Arminiya kabi turli hududlar noibligiga tayinlangan hamda Faxx jangida asosiy qoʻmondon boʻlgan Isa ibn Musaning oʻgʻli.
Faoliyati Kelib chiqishi va vorislik nizosi Musa (bir ma’lumotga ko‘ra, -yilda tugʻilgan and provide a claim that he died in 182/3 AH at the age of 55, placing his birth at 128 AH.) Abbosiylar xalifaligining dastlabki yillarida Kufada uzoq muddat hokimlik qilgan Banu al-Abbos urug‘iga mansub Isa ibn Musaning xonadonida tugʻilgan. Musa Abbosiylar sulolasiga uzoq qarindosh bo‘lgan, yaʼni sulolaning dastlabki ikki xalifasi as-Saffoh () va al-Mansurning () amakivachchasi edi. Bundan tashqari, uchinchi xalifa al-Mahdiyning qizi Ulayya bilan nikohlangach, hukmron oila bilan yanada yaqinroq aloqa o‘rnatgan; ..
754-yilda as-Saffoh belgilab bergan vorislik tartibiga ko‘ra, Musaning otasi Isa dastlab as-Saffohning ukasi al-Mansurdan keyin xalifalikning ikkinchi merosxo‘ri etib tayinlangan. Biroq, 764/65-yilda al-Mansur Isani o‘z huquqlaridan voz kechishga va xalifaning o‘g‘li al-Mahdiyning taxt uchun da’vosini tan olishga majbur qilgan. Mazkur voqeaning ba’zi talqinlariga ko‘ra, Musa al-Mansur o‘z otasi vorislikdan voz kechishni rad etsa, uni o‘ldirishi mumkinligidan xavotirga tushgan. Shu sababli, xalifa bilan hamkorlik qilib, Isani taxt vorisligidan voz kechish uchun ko‘ndirishga yordam bergan.
Al-Mahdiy va al-Hodiy hukmronliklari davri Al-Mahdiy hukmronligi davrida () Isa ibn Musa vorislik huquqidan butunlay mahrum etilsa-da, Musa va uning oilasi oʻz mavqelarini saqlab qolgan boʻlishi mumkin. 780-yilda boʻlajak xalifa Horun ar-Rashid bilan birga Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishga boshchilik qildi. 783-yilda Isa vafot etgandan so‘ng, Musaga otasining hokimiyat markazi boʻlgan Kufa noibligi topshirildi; . He retained the governorship during al-Hadi's reign; ; ..
786-yilda Musa Makkadagi Faxx jangida Aliylar tarafdorlarining qo‘zg‘olonini muvaffaqiyatli bostirgan Abbosiy qo‘mondonlaridan biri edi. Musa va al-Abbos ibn Muhammad ibn Ali jang paytida qo‘shinning chap qanotiga boshchilik qilishgan. Gʻalabada muhim rol oʻynagan boʻlsa-da, keyinchalik qoʻzgʻolonda qatnashgan Muhammad an-Nafs az-Zakiyyaning oʻgʻli al-Hasan ibn Muhammadni qatl etish qarori tufayli tanqidga uchragan. Al-Hasanni hukmgacha tirik saqlamagani uchun xalifa al-Hodiy () Musaning barcha mol-mulkini musodara qilishni buyurdi. Bu mulklar o‘sha yil oxirida al-Hodiy vafot etgunga qadar davlat nazorati ostida qoldi; (substituting al-Hasan for al-Husayn ibn Ali); ; ..
Horun ar-Rashid hukmronligi davri Musa ikkinchi amakivachchasi Horun ar-Rashid () hukmronligining dastlabki davrida bir qator lavozimlarga tayinlangan. Bu davrda yana ikki yoki uch marotaba Kufa noibligiga; . His son al-Abbas additionally served several terms as governor during this same period., shuningdek Makka va Madina; ; . (baʼzi manbalarga koʻra, Yaman) noibligiga tayinlangan. claims that Musa was governor of the Holy Cities and the Yemen under al-Mansur and al-Mahdi.. 797- va 799-yillarda haj ziyoratiga boshchilik qilgan; (calling him Musa ibn Isa ibn Muhammad ibn Ali, and additionally assigning him the pilgrimage of 179 AH); (who adds that Musa was also originally selected to lead the pilgrimage of 170 AH, but was intercepted en route by the caliph); ..
Horun davrida Musa Misr noibi lavozimida uch marta — 787—789, 791—792 va 795—796-yillarda faoliyat yuritgan. Birinchi noibligi davrida oʻzidan avvalgi noib Ali ibn Sulaymon al-Hoshimiyning nasroniylarga qarshi chiqargan farmonlarini bekor qilib, qibtiylarga Ali vayron etishni buyurgan cherkovlarni qayta qurish uchun ruxsat berdi. Musaning Misrdagi hukmronlik davri nisbatan osoyishta o‘tdi. Biroq, Horun viloyatdagi faoliyati boʻyicha shikoyatlar olgandan so‘ng, uning ikkinchi noiblik muddati tugallandi; ; ; (referring to only one governorship). According to Yarshater and Ibn Taghribirdi, Musa's second governorship was terminated after he displayed an intent to throw off his allegiance to the caliph. Clifford Edmund Bosworth (), following al-Jahshiyari, considers it more likely that Musa was dismissed for acting in an oppressive manner towards the Egyptians..
Musa 793-yilda Damashq noibligiga tayinlandi. Suriyaga kelgach, bir necha oy oldin qoʻzgʻolon boshlagan qaysiy Abu al-Hayzamni qoʻlga olish uchun Havronga bir oylik yurish uyushtirdi. Abu Hayzamni o‘ldirish yoki asirga olishga qaratilgan keyingi urinishlar ham muvaffaqiyatsizlikka uchragach, xalifa Musoni chaqirtirib oldi. Muso mintaqani tark etib, ishlarni boshqarish uchun oʻz oʻrnida Abdussalom ibn Humaydni qoldirdi; ; ..
794-yilda Muso Arminiya noibi etib tayinlandi. Bu viloyat yaqinda tinchlikka erishgan edi. Bunga markaziy hukumat amalga oshirgan keng ko‘lamli harbiy yurishlar sabab bo‘lib, ushbu yurishlar natijasida davom etayotgan bir nechta isyonchilik harakatlari bostirilgan edi. Musa viloyatni bir yil boshqargach, viloyatda yana tartibsizliklar boshlanib ketdi. Shundan soʻng, Musa lavozimidan olinib, oʻrniga Yahyo al-Haroshiy tayinlandi; ..
Vafoti Musaning vafot sanalari boʻyicha turli maʼlumotlar mavjud. Ushbu maʼlumotlarda 799 (55 yoshda), 803 va 805-yillar keltirilgan; ..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Misrning 8-asrdagi Abbosiy noiblari roʻyxati Turkum:Damashqning Abbosiy noiblari Turkum:Madinaning Abbosiy noiblari Turkum:Makkaning Abbosiy noiblari Turkum:Arminiyaning Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar Turkum:8-asr arablari
Turkum:Misrning 8-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:Damashqning Abbosiy noiblari Turkum:Madinaning Abbosiy noiblari Turkum:Makkaning Abbosiy noiblari Turkum:Arminiyaning Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar Turkum:8-asr arablari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari