Abu Abdulloh Badriddin Muhammad ibn Abdulloh ibn Bahodir az-Zarkashiy (milodiy 1344–1392, hijriy 745–794) – az-Zarkashiy nomi bilan mashhur, XIV asr islom olimi. Asosan, Mamluklar davrida Qohirada yashagan. Huquq, hadis, tarix va Shofiʼiy huquqshunosligi (fiqh) sohalari mutaxassisi boʻlgan. Oʻttizta toʻplam yozib qoldirgan, ammo ularning aksariyati yoʻqolgan yoki faqatgina sarlavhalari maʼlumJalajel, David S. (2017) Women and Leadership in Islamic Law. Uning bizgacha yetib kelgan eng mashhur asarlaridan biri Qur’on ilmlari boʻyicha qoʻllanma boʻlgan „al-Burhon fi Ulum al-Qur’on“dir.
Oʻqituvchilari Az-Zarkashiy Damashqda Imodiddin Ibn Kasirdan (vafoti: 1373-yil) hadis ilmini (Muhammad paygʻambarning soʻzlari, xatti-harakatlari yoki odatlarini tavsiflovchi turli rivoyatlardan biri), Halabda fiqh va usul ilmini Shihobuddin Azraʼiydan, Qohiradagi Shofi’iy maktabi rahbari Jamoliddin al-Isnaviydan esa Qur’on va fiqh ilmlarini oʻrganganRippin, A. (2012), „al-Zarkas̲h̲ī“, in: Encyclopaedia of Islam, Second Edition: , 1960–2007.
Shogirdlar Uning koʻzga koʻringan shogirdlari orasida Shamsuddin al-Barmaid (vaf. 830 hijriy) va Najmuddin bin Hoji ad-Dimashqiy (vafoti: hijriy 831) bor edi.
Asarlari
Al-bahr al-muhit fi usul al-fiqh (البحر المحيط، في أصول الفقه)
Salosil az-zahab fi usul al-fiqh (سلاسل الذهب في أصول الفقه)
Al-burhon fi ʿulūm al-Qur’on (البرهان في علوم القرآن)
I’lom as-sajid bi-ahkom al-masojid (إعلام الساجد بأحكام المساجد)
„Tuzatuvchi: ʿOishaning sahobalarni toʻgʻrilashi“ Al-Ijoba limā istadrakatahu ’Oisha ’ala as-Sahoba (الإجابة لما استدركته عائشة على الصحابة)
At-tazkirah fi al-ahodis al-mushtaharah (التذكرة في الأحاديث المشتهرة)
Risāla fi maʿnī kalimat fi at-Tavhid (lā ilaha illalloh) (رسالة في معني كلمة التوحيد (لا إله إلا الله)
Al-manthur fi al-qavaʼid fiqh ash-Shofi’iyyah (المنثور في القواعد فقه شافعي): koʻplab olimlar tomonidan Shofi’iy fiqhidagi huquqiy tamoyillarning eng yaxshi toʻplamlaridan biri deb hisoblanadi. Matn alifbo tartibida keltirilgan 100 dan ortiq tamoyillarni oʻz ichiga oladi.
Tahrij ahodis ash-sharh al-kabir li ar-Rofi’iy (تخريج أحاديث الشرح الكبير للرافعي)
Al-gʻurar as-safir fima yahtāju ilaihi al-musāfir (الغرر السافر فيما يحتاج إليه المسافر)
Manbalar