Bishr ibn al-Volid ibn Abdulmalik () (710–740-yillar) – Umaviylar shahzodasi va lashkarboshisi. 710/11 va 714/15-yillarda Vizantiya imperiyasiga qarshi harbiy yurishlarni boshqargan. Keyinroq oʻz qarindoshi xalifa al-Volid II () ga qarshi Umaviylar muxolifatida ishtirok etgan. 745-yilda sobiq ittifoqdoshi va qarindoshi xalifa Marvon II tomonidan hibsga olingan va ehtimol qamoqda vafot etgan.
Hayoti Bishr Umaviylar xalifasi al-Volid I ning () oʻgli. Otasi hukmronligi davrida xalifalikning shimoliy chegarasi boʻylab, jumladan, 710/11 va 714/15 qishda Vizantiya imperiyasiga qarshi bosqinlarni boshqargan. 714-yilda otasi uni amir al-haj etib tayinlagan. Bilimi yaxshi boʻlgani uchun unga (). 8/9-asr tarixchisi al-Voqidiyning yozishicha, Bishr 715-yil boshida otasi vafotidan keyin Suriyaga qaytib kelgan.
Oʻrta asr manbalarida 743/44-yilgacha qayta tilga olinmagan. Bu yillarda Uchinchi musulmon fuqarolar urushiga qatnashgan. Umaviylar oʻrtasidagi xalifalik uchun olib borilgan bu kurashda oʻzining boshqa ukasi va urush davrining taniqli lashkarboshisi al-Abbosning betaraf boʻlish toʻgʻrisida ogohlantirishlariga qaramay, amakivachchasi Xalifa al-Volid II ga qarshi ukasi Yazid III ni qoʻllab-quvvatlab jang qildi. Bishrning yana oʻn ikki ukasi ham 744-yilda al-Valid II oʻldirilgandan soʻng xalifa boʻlgan Yazid III ni qoʻllab-quvvatladi. Bishr al-Valid II ning ajrashgan xotini Saʼdaga uylandi. Saʼda xalifa Usmon () ning boy avlodi Saʼid ibn Xolid ibn Amr ibn Usmonning qizi boʻlgan. Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:740-yillarda vafot etganlar Turkum:8-asr Umaviylar xalifaligi kishilari Turkum:Umaviylar xalifaligi asirlari va mahbuslari Turkum:Umaviy xalifalarning oʻgʻillari Turkum:Umaviylar xalifaligi lashkarboshilari Turkum:Umaviylar xalifaligi olimlari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari