Muğdat masjidi () – Turkiyaning Mersin shahridagi masjid. Ilk musulmonlardan biri Miqdod ibn Asvad sharafiga nomlangan.

Hudud geografiyasi Masjid 1980-yillarda Mersinning Yenişehir tumanida qurilgan. Mahallaning rasmiy nomi Gazi boʻlsa-da, odatda, masjid nomidan kelib chiqib Muğdat deb ataladi. Masjid Mersin arxeologiya muzeyi va Mersin dengiz muzeyining shimolida joylashgan. Oʻrta yer dengizi qirgʻogʻigacha boʻlgan masofa taxminan . Masjidning umumiy maydoni hovli bilan birga 7900 m², binoning asosiy maydoni 3070 m².

Bino Masjid 5500 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan boʻlib, Mersindagi eng katta masjid va Turkiyaning Respublika davrida qurilgan uchinchi masjid hisoblanadi. Shuningdek, Turkiyadagi olti minorali uchta masjiddan biri hamdir (aslida masjid toʻrtta minorali boʻlgan, keyingi ikkitasi yaqinda qoʻshilgan). Minoralarning balandligi . Har bir minorada uchta balkon () bor.

Muğdat masjidi anʼanaviy Usmoniylar meʼmorchiligi asosida yaratilgan majmuadir. Masjidda, shuningdek, anjumanlar zali, kutubxona, mehmonlar xonasi, taʼziya xonasi va sogʻlomlashtirish markazi mavjud. Binoning podvalida supermarket joylashganMersin governor’s page .

Galereya

Manbalar

Havolalar Fotogalereya (Wowturkey)

Turkum:20-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Mersindagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar