Dalgona () yoki ppopgi () — Janubiy Koreya oshxonasiga tegishli shirinlik turi. Eritilgan shakar va isteʼmol sodasi orqali tayyorlanadi. 1960-yillardan Janubiy Koreyada ommalashgan koʻcha taomi va retro shirinlik sifatida isteʼmol qilinadi.
Nomlanishi „Dalgona“ soʻzi aslida glyukoza qoʻshib tayyorlangan qimmatroq shirinlikni, „ppopgi“ esa yulduz yoki doira shaklida tayyorlangan va tarkibida shakar boʻluvchi shirinlikni anglatgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan „dalgona“ ppopgi bilan bir xil shirinlikni anglatish uchun ishlatila boshlangan. Shu bilan birga, Janubiy Koreyaning turli hududlarida shirinlik turlicha nomlanadi. Galereya
Manbalar
Turkum:Janubiy Koreya madaniyati Turkum:Koreys oshxonasi