Ala masjidi () – Turkiyaning Osmoniye viloyati, Kadirli shahridagi tarixiy masjid.
Ala masjidi Usmoniya viloyatining Kadirli ilchesida (tuman) joylashgan. Masjidning sharqiy qismida Rim imperiyasi davriga oid qadimiy qabriston joylashganReport by Engin Yüksel and Ayşegül Yüksel .
Ushbu bino dastlab V asrda qurilgan Vizantiya cherkovi va monastiri boʻlgan. Shahar 1489-yili Dulkadiriy Qosimbey tomonidan bosib olingach, bino masjid va madrasaga aylantirilgan. Dulkariylar tomonidan binoga qoʻshimcha ravishda mimbar va minora qoʻshilganReport by Richard Bayliss. Masjid dastlab Qosimbeyning otasi Alaüddevle Bozkurt sharafiga Alaüddevle Mescit deb nomlanganOsmaniye governor’s page . Keyinchalik bu nom qisqartirilib Ala masjidi deb nomlangan. XIX asrda Ala masjididan Usmoniylar armiyasi ombori sifatida foydalanilgan, 1865-yildan keyin esa masjid sifatida qayta tiklangan. 1924-yilda Turkiya Respublikasi davrida bino tashlab ketilgan. 2012-yildan boshlab esa restavratsiya qilinibReport by Engin Yüksel and Ayşegül Yüksel , 2020-yilning iyul oyida taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.
Richard Batlissning soʻzlariga koʻra, binoning ilk marotaba qurilgandagi oʻlchamlari boʻlgan.
Manbalar
Turkum:19-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Turkiyadagi masjidlar