Al-Hasan ibn Qahtaba ibn Shabib at-Toiy () Abbosiylar xalifaligining ilk davrlarida yuqori darajali harbiy lavozimini egallagan.
Biografiyasi Al-Hasan Umaviylar xalifaligini hokimiyatdan qulatgan Abbosiylar inqilobi rahbari Abu Muslim bilan birga harakat qilgan Qahtaba ibn Shabib at-Toiyning oʻgʻli boʻlgan. Hasan akasi Humayd bilan birga inqilobdan oldingi yillarda Xurosondagi Abbosiylar targʻibotida faol bo‘lib, naqib o‘rinbosari lavozimida ishlaganCrone (1980), p. 188. Inqilob davrida otasi bilan birgalikda Abbosiylar qo‘shinlarini Xurosondan Iroqqa boshlab kirgan yurishda asosiy qo‘mondonlardan biri bo‘lgan. Nasr ibn Sayyorni ta’qib qilishda va Nihavand jangidagi g‘alabada ishtirok etgan. Garchi otasi umaviylar noibi Yazid ibn Umar al-Fazariyga qarshi jangda halok bo‘lgan bo‘lsa-da, Hasan Xuroson qo‘shinini Kufaga boshlab kirganZarrinkub (1975), pp. 54–55Kennedy (1986), p. 79.
Inqilobdan so‘ng, Hasan boʻlajak xalifa al-Mansur () Arminiyadagi noibi vazifasini bajarib, hududni tinchlantirishga hissa qo‘shdi. Shuningdek, 754-yilda Suriyada Abdulloh ibn Ali boshchiligidagi isyonga qarshi Mansur tomonida turib, xalifaga sodiqligini namoyon etdi. Shundan so‘ng, ba’zan Vizantiya imperiyasi chegarasi noibligiga tayinlanib, hududda 766, 779 hamda 780-yillarda Kichik Osiyoga qarshi yozgi harbiy yurishlarni boshqardiLilie et al. (2000), p. 120. Hasan, ehtimol, Vizantiya manbalarida Muchesias (Μουχεσίας) nomi bilan tilga olingan boʻlishi mumkin. Ayni shu manbalarga koʻra, xalifa al-Mahdiy () buyrugʻi bilan Muchesias Suriyadagi nasroniylarni taʼqib qilish va ularni majburan boshqa dinga oʻtkazish bilan shugʻullangan.
Abbosiylar tuzumining Xurosondagi yuqori tabaqasi bo‘lmish abna ad-davlaning nufuzli a’zosi va yangi qurilgan poytaxt Bag‘dodning bir qismini in’om sifatida olgan hamda boshqa ko‘plab Abbosiy qo‘mondonlari singari juda boy bo‘lishiga qaramay, Hasan saroyda deyarli hech qanday siyosiy obroʻga ega bo‘lmagan. Al-Hasan 797-yilda 84 yoshida vafot etgan.
Al-Hasanning oʻgʻillari Muhammad, Ali va Said ham turli viloyatlarda noiblik lavozimlarida ishlagan. Toʻrtinchi fitna davrida ularning barchasi al-Maʼmunga qarshi al-Amin tomonida turishganKennedy (1986), p. 80. Ko‘plab eski Abbosiy oilalari kabi ular ham fuqarolar urushida al-Ma’mun g‘alaba qozongandan so‘ng, boyliklarini saqlab qolgan bo‘lsalar-da, hokimiyatlarini yo‘qotdilar.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Tugʻilgan yili aniq boʻlmagan kishilar Turkum:Vafot etgan yili aniq boʻlmagan kishilar Turkum:Abbosiylar xalifaligining generallari Turkum:Arab — Vizantiya urushlarida ishtirok etgan Abbosiy kishilar Turkum:8-asr arablari Turkum:Tayy Turkum:Abbosiylar inqilobida ishtirok etgan kishilar Turkum:Arminiyaning Abbosiy noiblari Turkum:8-asr davlat amaldorlari