Carlos Soler Barragán (1997-yil 2-yanvarda tug‘ilgan) — Ispaniya terma jamoasi a’zosi, hozirda Premyer-liganing West Ham United klubida ijara asosida o‘ynayotgan, shuningdek, Ligue 1 jamoasi hisoblangan Paris Saint-Germain futbolchisi sifatida faoliyat yuritayotgan professional yarim himoyachi.

Soler o‘z professional faoliyatini Valensiyada boshlagan, u yerda 226 ta o‘yinda maydonga tushgan. 36 ta gol urgan va 2019-yilda Copa del Reyni qo‘lga kiritgan. U 2022-yilda 18 million yevro evaziga Paris Saint-Germainga qo‘shilgan va klub bilan ikki mavsum davomida Ligue 1 chempioni bo‘lgan.

Xalqaro miqyosda Soler 2020-yilgiOlimpiada o‘yinlarida Ispaniya terma jamoasi bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan. U 2021-yilda kattalar jamoasida debyut qilgan va 2022-yilgi Jahon chempionati uchun terma jamoa safiga chaqirilgan.

Klublardagi faoliyati Dastlabki faoliyati Valensiyada tug‘ilgan Soler futboldagi ilk qadamlarini to‘rt yoshida, Bonrepòs jamoasida tashlagan. Ushbu jamoa uning akasining jamoasi edi. To‘pga zarba berishdagi kuchi bilan barchani hayratga solganidan so‘ng, klub uni o‘z safiga qo‘shmoqchi bo‘lgan, ammo u juda uyatchan bo‘lganligi sababli faqat buvisining sovg‘asi, o‘yin kompyuteri evazigagina klubga qo‘shilgan . To‘rt yil o‘tgandan soʻng, 2005-yilda u Valensiya akademiyasiga qo‘shilgan va dastlab hujumchi sifatida o‘ynagan. Keyinchalik yarim himoyaga o‘tib, markaziy yarim himoyachi sifatida mustahkamlanib borgan.

Valensiya Soler 2015-yil 3-mayda Valensiyaning zaxira jamoasi safida katta futboldagi debyutini o‘tkazgan va Cornellàga qarshi o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu oʻyin Soler jamoasining 1:0 hisobida magʻlub boʻlishi bilan yakunlangan. 13-dekabr kuni esa u Badalonaga qarshi o‘yinda o‘zining ilk golini kiritgan. 2016-yil 10-dekabr kuni u asosiy jamoa safida La Ligada oʻz debyutini amalga oshirgan. Ushbu oʻyinda Valencia Real Sociedadga qarshi o‘ynagan edi. Soler 2017-yil 21-yanvarda Vilyarrealga qarshi oʻyinda Valencia safidagi ilk golini kiritgan.

2018-yil yanvar oyida Soler Valencia bilan uchinchi marta shartnomasini uzaytirgan va shartnomaga koʻra uning tovon puli 80 million yevro qilib belgilangan. 2019-yilda u UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlarida 51 ta o‘yinda qatnashgan va bir nechta muhim gollar kiritgan. 2019-yilgi Copa del Rey finalida Barselona mag‘lub etilgan o‘yinda g‘alaba goliga assistentlik qilgan.

2020-yil 8-noyabr kuni u o‘z faoliyatidagi ilk xet-trikni Real Madridga qarshi o‘yinda amalga oshirgan va ushbu gollarning barchasi penaltidan kiritilgan. Bu natija orqali Soler La Liga tarixida uch penaltidan xet-trik qilgan uchinchi futbolchi bo‘lgan.

Paris Saint-Germain 2022-yil 1-sentabrda Soler Paris Saint-Germain klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer narxi 18 million yevro bo‘lib, bu miqdor qo‘shimcha 3 million yevroga ko‘tarilishi mumkin edi. U 25-oktabr kuni Maccabi Haifaga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinida yangi jamoa safidagi ilk golini urgan va 2022–2023-yilgi mavsumni Ligue 1 chempioni sifatida yakunlagan.

West Ham Unitedga ijara 2024-yil 30-avgust kuni Soler Premer-liganing West Ham United klubiga ijara asosida koʻchib oʻtgan.

Xalqaro faoliyati Soler 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida Ispaniya terma jamoasi tarkibida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2021-yil sentabr oyiida u Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan va Shvetsiyaga qarshi o‘yinda o‘zining ilk golini kiritgan. 2022-yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan va Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda gol urgan.

Shaxsiy hayoti Soler sport jurnalistikasi bo‘yicha universitetda oʻqishni boshlagan, ammo uni tugatmagan. U bolaligida Canal+ orqali Premer-ligani tomosha qilib, ingliz tilini mustaqil ravishda o‘rgangan.

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Valencia C.F. futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar