Qimor (shuningdek, dovga tikmoq) – turli qiymatga ega boʻlgan buyum yoki pulni yutib olish maqsadida tasodifiy hodisa uchun tavakkal ravishda („dov“) tikish.
Qimor oʻyinlari yirik xalqaro tijoriy faoliyat hisoblanib, 2009-yilda qonuniy qimor bozorining umumiy qiymati taxminan 335 milliard dollarni tashkil etgan.
Tarixi Mesopotamiyada eng qadimgi olti qirrali oʻyin donalari miloddan avvalgi 3000-yillarga borib tarqaladi. Ammo ular undan bir necha ming yil oldin paydo boʻlgan astragallar asosida yaratilgan. Xitoyda miloddan avvalgi birinchi mingyillikda qimorxonalar keng tarqalgan boʻlib, hayvonlar jangiga garov oʻynash odatiy hol boʻlgan. Lotto oʻyinlari va dominolar (Pai Gow oʻyinining ajdodlari) Xitoyda X asrdayoq paydo boʻlgan.
Oʻyin kartalari milodiy IX asrda Xitoyda paydo boʻlgan. Yaponiya qimor oʻyinlarining tarixi XIV asrga borib taqaladi.
Poker AQShning qimor bilan bogʻliq eng mashhur karta oʻyini boʻlib, XVII asrga oid fors oʻyini As-Nasdan kelib chiqqan.
Dastlabki kazino Ridotto 1638-yilda Italiyaning Venetsiya shahrida oʻz faoliyatini boshlagan.
Buyuk Britaniya Qimor asrlar davomida Buyuk Britaniyada asosiy hordiq chiqarish mashgʻuloti boʻlib kelganRoger Munting, An economic and social history of gambling in Britain and the USA. (Manchester UP, 1996).. Ayniqsa, ot poygasi qimor uchun sevimli sport sohasi boʻlganMike Huggins, Flat racing and British society, 1790-1914: A social and economic history (Routledge, 2014). . Bu soha qattiq tartibga olinganDavid Forrest, „An economic and social review of gambling in Great Britain.“ Journal of Gambling Business and Economics 7.3 (2013): 1-33.. 2005-yilda mamlakatda „Gambling Act 2005“ nomli normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan boʻlib, ushbu hujjat tavakkalchilikka asoslangan turli qimor oʻyinlariga litsenziya berish tartibini va ushbu turdagi faoliyatni nazorat qiluvchi organ – Gambling komissiyasining (Gambling Comission) vakolatlarini belgilab berishga qaratilgan. Buyuk Britaniyada lotereya chiptalarini aholining 2/3 qismi har hafta sotib oladi va lotereya tashkilotchisi 5 mlrd funtdan ortiq daromad qiladi. Sarflanayotgan bu mablagʻlar britaniyaliklarning non yoki kitobga sarflaygan pulidan koʻproqni tashkil qiladi.
Singapur Qimor oʻyinlari Singapur tarixining bir qismi boʻlib, u koʻp yillar davomida hukumat tomonidan qatʼiy nazorat qilingan. XX asr oʻrtalarida noqonuniy qimor oʻyinlari keng tarqalgan. Biroq, 2010-yilda tartibga solinuvchi kazinolarning ochilishi bilan yondashuv oʻzgargan. Bugungi kunda hukumat qimor oʻyinlarining noqonuniy faoliyatlari oldini olish uchun qatʼiy qonunlarni joriy etmoqda.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Qimor oʻyinlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida asrlar davomida mashhur faoliyat boʻlib kelganRoger Munting, An economic and social history of gambling in Britain and the USA. (Manchester U. Press, 1996).. Shu bilan birga, u deyarli shuncha vaqt davomida koʻplab hududlarda qonun yoʻli bilan taʼqib ostiga olingan. XX asr boshlariga kelib, qimor oʻyinlari butun AQSH boʻylab deyarli bir xil ravishda noqonuniy deb topilganE.g., Constitution of Louisiana, 1974, Art. VII, Sec. 6(B).. AQSh aholisi koʻplab qimor oʻyinlariga 500 mlrd dollar sarflashi aniqlangan. Statistika shuni koʻrsatdiki, soʻnggi yillarda AQShning 6 milliondan ortiq aholisi qimor oʻyinlari natijasida davolanishga muhtojligi bayon qilingan.
Oʻzbekiston Oʻzbekiston hududida turli koʻrinishdagi qimor oʻyinlari tashkilotchisi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 75 ming (28,12 mlrd soʻm), lotereya tashkilotchisi esa bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravari (15 mlrd soʻm) miqdorida agentlikka zaxira mablagʻlarini qoʻyishlari mumkin. Vazirlar Mahkamasining 176-sonli 2007-yil 16-avgustdagi qaroriga binoan, 2007-yil 1-sentabrdan boshlab respublikada qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan turli oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish taqiqlangan. Raqobat qoʻmitasi tomonidan qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan xizmatlarni omma orasida eʼlon qiluvchi 30ga yaqin sayt bloklangani haqida axborot berilgan. Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 191-moddasiga koʻra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan turli xil oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etgan shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarma boshligʻi Nodir Joʻrayevning aytishicha, bir yil davomida taxminiy hisobda qimor oʻyinlariga Oʻzbekistondan 300 million dollardan 1 milliard dollargacha boʻlgan mablagʻ chet elga chiqib ketishi kuzatilgan. Ayniqsa, litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan turli online va offline qimor oʻyinlarida faqat 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Qonunchilik palatasining 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan „Reklama toʻgʻrisida“gi qonunning 46-moddasida qayd etilishicha, Oʻzbekistonda koʻplab turdagi qimor oʻyinlari, telekommunikatsiya tarmoqlari hamda online tashkil etiladigan qimor oʻyinlarining reklamasi taqiqlangan.
Tartibga solish Koʻplab mahalliy va milliy huquqiy tizimlar qimor oʻynashni taqiqlaydi yoki sotuvchilarni litsenziyalash orqali qattiq nazorat qiladi. Bunday tartibga solish odatda qimorning rivojlanishiga va taqiqlangan hududlarda noqonuniy qimor oʻyinlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Hukumatlarning tartibga solish va soliq solish ishtiroki orqali bir qancha davlat va qimor tashkilotlari oʻrtasida yaqin aloqa oʻrnatilgan. Bunday holatlarda qonuniy qimor oʻyinlari Monako va Xitoyning Makao mintaqasida boʻlgani kabi davlat uchun sezilarli daromad manbai boʻlib xizmat qiladi.
Qimor oʻynash yosh chegarasi baʼzi yurisdiksiyalarda qimor turiga qarab farq qiladi. Masalan, Amerikaning koʻplab shtatlarida kazinoga kirish uchun 21 yoshdan oshgan boʻlish kerak. Ammo 18 yoshga toʻlgandan soʻng lotereya chiptasini sotib olish mumkin.
Diniy qarashlar
Buddaviylik Budda qimor oʻyinini Singalovada Sutrada halokat manbai deb taʼkidlagan.
Hinduizm Qadimgi hind sheʼriyatida, masalan, Gambler’s Lament (Qimorbozning shikoyati) va Mahabharata kabi asarlar qadimgi hindlar orasida qimor oʻynashning mavjudligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga uning yomon taʼsirini ham ifodalaydi.
Yahudiylik Qadimgi yahudiy davlat organlari qimor oʻynashga salbiy qarashgan boʻlib, hatto ashaddiy qimorbozlarni sudda guvohlik berishdan ham mahrum qilganlar.
Xristianlik
Protestantizm Protestantlar orasida qimorga boʻlgan munosabat turlicha. Xususan, baʼzi protestant jamoalari qimor oʻyiniga qarshi turgan yoki uni butunlay taqiqlagan. Metodistlar boʻlsa, zohiriy muqaddaslik gʻoyasidan kelib chiqib, qimorni qattiq qoralaydi. Chunki u hirs va ochkoʻzlikni qoʻzgʻatuvchi gunoh vositasi sifatida qabul qilingan. Qimorni rad etadigan boshqa diniy oqimlar qatoriga quyidagilar ham kiradi: Birlikdagi Metodistlar Cherkovi (United Methodist Church), Erkin Metodistlar Cherkovi (Free Methodist Church), Evangelik Vezliyan Cherkovi (Evangelical Wesleyan Church), Najot Armiysi (Salvation Army)„Why Donʼt Salvationists Drink, Smoke or Gamble?“ Water Beach and Soham Salvation Army Community Church (WaterBeachSalvationArmy.org.uk). Archived 13 February 2016. va Nazarliya Cherkovi (Church of the Nazarene) kiradi.
Qimorni rad etadigan boshqa protestantlar qatoriga Mennonitlar, Schwarzenau birodarlari (Schwarzenau Brethren), Kvakerlar, Shimoliy Amerika Xristian Reformatlashgan Cherkovi (Christian Reformed Church in North America), Lutheran eʼtiqodiga rioya qiluvchi cherkov (Church of the Lutheran Confession), Janubiy Baptistlar Kengashi (Southern Baptist Convention) va Adventistlar cherkovi (Seventh-day Adventist Church) kiradi.
Islom "Ulema" (arabcha: عُـلـمـاء, Islom olimlari) orasida qimor oʻynashning „haraam“ (arabcha: حَـرام, gunoh yoki man qilingan) ekanligi boʻyicha umumiy fikr mavjud. Qimor oʻynash taqiqlanganida, musulmon huquqshunoslari uni Qur’onga zid va musulmon ummatiga (arabcha: أُمَّـة, jamoa) zararli deb taʼriflaydilar. Qimor oʻynashning arabcha atamasi „Maisir“dir. Butun Shariat qonunlari joriy etilgan joylarda, masalan, Achexda, musulmon qimorchilariga beriladigan jazolar 12 zarba qamchi yoki bir yilga qamoq jazosi hamda bunday amallarni oʻtkazish uchun joy taqdim etganlarga jarima solishni oʻz ichiga olishi mumkin. Baʼzi islomiy davlatlar qimorni man etgan. Boshqa koʻplab mamlakatlar esa uni tartibga solgan.
Bahá'í Faith Muqaddas Kitobning 155-bandiga koʻra, qimor oʻynash taqiqlangan.
Turlari
Kazino oʻyinlari Har qanday oʻyinni pul tikib ham, shunchaki koʻngil uchun ham oʻynash mumkin. Biroq odatda pul tikib oʻynaladigan oʻyinlar kazinolarda oʻynaladi.
Stol oʻyinlari
Elektron qimor oʻyinlari Pachinko Sic Bo Slot mashinasi Video poker Video bingo Boshqa qimor oʻyinlari Bingo Keno Kazino oʻyinlari boʻlmagan oʻyinlar Kazinodan boshqa oʻynaladigan qimor oʻyinlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Bingo (AQSh va Buyuk Britaniyada oʻynaladigan), „Dead pool“, lotereyalar, pull-tab oʻyinlari, scratchcards (skretch kartochkalari) hamda Mahjong.
Kazino boʻlmagan boshqa qimor oʻyinlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Tarixiy oʻyinlar – Basset, Ecarté, Lansquenet va Put kabi kazino boʻlmagan karta oʻyinlariParlett, David (1991). A History of Card Games. Oxford, NY: OUP. p. 324.. Karnaval oʻyinlari – The Razzle yoki Hanky Pank. Tanga uloqtirish oʻyinlari – Head and Tail, Two-up. Shashqol oʻyinlariga asoslangan oʻyinlar – Backgammon, Liar’s dice, Passe-dix, Hazard, Threes, Pig, Mexico (yoki Perudo).
* Tanga uloqtirish odatda kazinoda oʻynalmasa-da, bu Avstraliyaning baʼzi kazinolarida rasmiy qimor oʻyini ekanligi maʼlum.
Qatʼiy stavkalar bilan tikish
Koʻplab turdagi sport tadbirlari va siyosiy saylovlarda qatʼiy stavkalar bilan tikish va Parimutuel tikish tez-tez uchraydi.
Parimutuel tikish
Qimorning eng keng tarqalgan shakllaridan biri ot yoki greshaund poygalariga pul tikishdir. Tikishlar parimutuel jamgʻarmalari orqali amalga oshirilishi mumkin yoki bukmekerlar shaxsiy ravishda tikishlarni qabul qilishi mumkin.
Sportga pul tikish
Jamoa sportlariga pul tikish koʻplab mamlakatlarda asosiy xizmat koʻrsatish sohasiga aylangan. Internet paydo boʻlishidan oldin, har hafta Buyuk Britaniyada millionlab odamlar futbol maydonlarida oʻynashgan.
Oʻzbekiston hududida totalizator bozoridagi oʻrganilgan tahlillarga koʻra, 2020—2024-yillar davomida sportga pul tikish koʻrsatgichi 134 milliard dollarga osishi prognoz qilingan.
Arbitrajli tikish
Arbitrajli tikish – bu har bir hodisa natijasiga tikish qoʻyilib, voqea tugagach, oʻyinchi natijadan qatʼiy nazar maʼlum bir foyda olishi kafolatlangan nazariy jihatdan xavfsiz tikish tizimidir.
Boshqa turdagi pul tikishlar Spread betting qimor oʻynovchilarga voqea aniqligi asoslangan holda tikish imkonini beradi. Bu yerda yutuq toʻlovlari „yutish yoki yutqazish“ natijasidan farqli oʻlaroq oʻyinning aniq boʻlishiga asoslanadi.
Atamaning boshqa qoʻllanishlari
Garchi baʼzi investitsiyalar sezilarli ziyonni oʻz ichiga olsa-da, investitsiyalar odatda qimor oʻynash deb hisoblanmaydi. Investitsiyalarga misollar sifatida aksiyalar, obligatsiyalar va koʻchmas mulk kiradi. Biznes boshlash ham investitsiyaning bir shakli deb hisoblanishi mumkin. Investitsiyalar odatda quyidagi mezonlarga javob berganda qimor oʻynash deb hisoblanmaydi:
Iqtisodiy foyda
Ijobiy kutilgan daromad (kamida uzoq muddatda)
Tavakkalchilikdan qatʼiy nazar qabul qilinishi mumkin boʻlgan asosiy qiymat Baʼzi spekulyativ investitsiya faoliyati xavfli boʻlib, baʼzan qimor oʻyinlaridan farq qiladi: Valyuta ayirboshlash (forex) operatsiyalari Prognoz bozorlari Optsionlar yoki fyucherslar kabi qimmatli qogʻozlarning derivativlari qiymati maʼlum bir vaqt mobaynida (odatda derivativga bogʻliq tugash sanasi) asosiy aktivning qiymatiga bogʻliq boʻladi. „Levant“ yoki „levanting“ – bu tikish natijasidan soʻng qochishni bildiradi.
Salbiy oqibatlari