Uchinchi fitna () – Umaviylar xalifaligiga qarshi kechgan bir qator ichki urushlar va qoʻzgʻolonlar. 744-yilda xalifa al-Volid II ga qarshi qoʻzgʻolon bilan boshlanib, 747-yilda Marvon II gʻolib boʻlguniga qadar davom etgan. Urush ichki ziddiyatlarni, ayniqsa, Qays–Yaman urushini kuchaytirib yuborgan, Umaviylar hokimiyatining vaqtinchalikka qulashi Xorijiylar va boshqa Umaviylarga qarshi qoʻzgʻolonlarga yoʻl ochgan. Ularning oxirgisi va eng muvaffaqiyatlisi 747-yilda Xurosonda boshlanib, 750-yilda Umaviylar xalifaligining agʻdarilishi va Abbosiylar xalifaligining barpo etilishi bilan yakunlangan Abbosiylar inqilobi hisoblanadi.
Tarixi Fuqarolar urushi 744-yilda amakisi Hishom ibn Abdulmalikdan () keyin xalifalikka tayinlangan Volid II ning () hokimiyatdan agʻdarilishi bilan boshlandi. Hishom xalifalikka akasi Yazid II () tomonidan tayinlangan, biroq Yazid II bundan oldin allaqachon oʼgʻli al-Volid II ni oʻzidan keyingi merosxoʻr sifatida belgilab qoʻygan edi. Dastlab Hishomning xalifalikda mashhurlikka ega boʻlmaganligi va armiya maoshini oshirish borasidagi qarorlari tufayli al-Volid II ning taxtga oʻtirishi xalq tomonidan yaxshi qabul qilindi, ammo bunga boʻlgan munosabat tezda oʻzgarib ketdi. Al-Volid II dindan koʻra dunyoviy lazzatlarga koʻproq qiziqar, buni uning hukmronligi davrida qurilgan Qusayr Amra va Xirbat al-Mafjar qal’alari bilan ham tasdiqlash mumkin. Uning hokimiyat tepasiga kelishi Umaviylar oilasining baʼzi aʼzolarining noroziliklariga sabab boʻldi. Al-Volid II ning voyaga yetmagan ikki oʻgʻlini merosxoʻr qilib belgilashi, amakivachchasi Sulaymon ibn Hishomni kaltaklab, qamoqqa tashlashi bu dushmanlikni yanada keskinlashtirdi. Al-Volid Qadariyya mazhabini taʼqib qilib kelishi hamda shimoliy (Qaysiy/Mudoriy) va janubiy (Kalbiy/Yamaniy) qabilalar oʻrtasidagi doimiy raqobatda ishtirok etishi unga nisbatan navbatdagi qarshiliklarni keltirib chiqardi. Yusuf ibn Umar as-Saqafiy Iroq hokimi etib tayinlanganidan soʻng, oʻzidan oldingi yamaniy Xolid al-Qasriyni qiynoqlar bilan oʻldirganidan keyin al-Volid II ham otasi kabi qaysiylar tarafdori sifatida koʻrilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, kishilar har doim ham aniq bir tomonga sodiq boʻlmagan, shuningdek, baʼzilar ikki tomon oʻrtasida harakat qilib yurgan.
Yazid III ning Damashqni bosib olishi 744-yil aprelda Volid I ning oʻgʻli Yazid III () Damashqqa kirib bordi. Uning tarafdorlari atrofdagi koʻplab kalbiylar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, shaharni egallab olishdi va Yazid III ni xalifa deb eʼlon qilishdi. Choʻl qal’alaridan birida boʻlgan al-Volid II Palmira yaqinidagi al-Bahraga qochib ketdi. Himsdan mahalliy Kalbiy va Qaysiylarning oz sonli qoʻshinini toʻplashga muvaffaq boʻldi, biroq Abdulaziz ibn al-Hajjoj ibn Abdulmalik boshchiligidagi Yazid III ning ancha katta qoʻshini yetib kelgach, uning tarafdorlarining koʻpchiligi qochib ketdi. Al-Volid II oʻldirildi va uning kesilgan boshi Damashqqa yuborildi. Abu Muhammad as-Sufyoniy davrida Himsda Qaysiy tarafdorlari tomonidan qoʻzgʻolon uyushtirildi, biroq ushbu qoʻzgʻolon Damashqda qamoqdan chiqqan Sulaymon tomonidan keskin bostirildi. Abu Muhammad al-Volid II va uning oʻgʻillari birgalikda Damashqda qamoqqa tashlandi.
Qisqa hukmronligi davrida Yazid III taqvodor Umar ibn Abdulazizdan () qiyos olgan hukmdor edi. U Qadariyyaga nisbatan yaxshi munosabatda boʻlgan va oʻzidan oldingi Umaviylar ustidan aytiladigan avtokratik boshqaruvni tez-tez tanqid qilishdan oʻzini ongli ravishda toʻxtatishga harakat qilgan. Yazid III oʻz vakolatini suiisteʼmol qilishdan, asosan, ogʻir soliqlar solishdan, Umaviylar va ularning tarafdorlarining boylik toʻplashlari, xalifalikning boshqa hududlariga nisbatan Suriyaga koʻrsatilayotgan xayrixohlik va askarlarning uzoq harbiy yurishlar sabab uzoq muddat davomida oilasi bilan boʻlolmasligi kabi masalalarda oʻz hokimiyatini suiisteʼmol qilmaslikka vaʼda bergan. U nafaqat jamoat tomonidan, balki majlis () tomonidan ham tanlanganligini taʼkidlagan. Agar Yazid II oʻz vazifalarini bajara olmasa yoki ularga rahbarlik qilish uchun munosibroq odam topilgan taqdirda, jamoa uni lavozimidan chetlatish huquqiga ega edi. Shu bilan birga, uning hukmronligi davomida Yaman yangidan yuksaldi, Yusuf ibn Umar Iroqdagi Qaysiylarni qoʻzgʻolon boshlashga undaganidan soʻng, lavozimidan boʻshatilib, qamoqqa tashlandi. Yusufning Iroq va Sharqdagi vorisi kalbiy Mansur ibn Jumhur edi, biroq tez orada uning oʻrniga Umar II ning oʻgʻli Abdulloh ibn Umar ibn Abdulaziz keldi. Mansur qisqa muddatda Xuroson hokimi Nasr ibn Sayyorni ishdan boʻshatishga harakat qildi, ammo Nasr oʻz lavozimini saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Yazid III 6 oylik hukmronlikdan soʻng 744-yilning sentyabrida vafot etdi. Qadariylarning maslahati bilan u akasi Ibrohim ibn al-Volidni oʻziga voris etib tayinlagan edi, biroq Ibrohimning hokimiyat tepasiga kelishini koʻpchilik qoʻllab-quvvatlamadi va Marvon I ning nabirasi (), al-Jazira (Yuqori Mesopotamiya) hokimi Marvon II ning () qoʻzgʻoloniga duch keldi.
Marvon II ning hokimiyatga koʻtarilishi right|thumb|250x250px|Marvon II davrida zarb qilingan kumush dirham Maʼlumotlarga koʻra, bir necha yil davomida xalifalikning shimoli-gʻarbiy chegaralarida vizantiyaliklar va xazarlarga qarshi yurishlarni boshqargan Marvon II al-Volid II ning vafotidan soʻng xalifalikka daʼvo qilish haqida oʻylab koʻrgan, biroq Kalbiylar qoʻzgʻoloni uni kutishga majbur qilgan. Yazid III uni Yuqori Mesopotamiyaga hokim etib tayinlagan va u Qayslar hukmron boʻlgan Harran shahrida istiqomat qilgan.
Suriya right|thumb|302x302px|Ilk islom davrida Suriyaning yirik shaharlari va maʼmuriy boʻlinmalari () xaritasi 744-yilda Yazid III vafot etgach, Marvon al-Volid II ning qamoqdagi ikki oʻgʻliga taxtni qaytarish maqsadida ekanligini daʼvo qilib, Suriyaga yurish qildi. Shimoldagi Qinnasrin va Hims tumanlarining mahalliy qaysiylari uning bayrogʻi ostida toʻplanishdi. Qachonlardir Baʼalabakdan Damashqqa olib boruvchi yoʻlda Volid II tomonidan qamchilanib, qamoqqa tashlangan Sulaymon Marvon II bilan toʻqnash keldi. Sulaymon Marvon II bilan Suriya janubidagi Kalbiylar va Dakvoniyyaning 5000 kishilik shaxsiy qoʻshinini oʻz mablagʻlari va mulklari hisobidan taʼminlagan. Shuningdek, armiyaga asosan, mavoliylarni (arab boʻlmagan musulmonlar) yollagan. Marvon II Damashqqa qochib ketgan Sulaymonni magʻlubiyatga uchratdi. Marvon II jangdan keyin olgan asirlarni Volid II ning oʻgʻillariga bayʼat qilishga majbur qildi. shundan soʻng Sulaymonning buyrugʻiga koʻra al-Volid II ning oʻgʻillari Yusuf as-Saqafiy bilan birga Yazid ibn Xolid al-Qasriy tomonidan oʻldirildi. Sulaymon va uning tarafdorlari, jumladan, xalifa etib tayinlangan Ibrohim ham Palmiraga qochib ketdi. Marvon II noyabr yoki dekabr oyining oxirida Damashqqa tinch yoʻl bilan kirib keldi va xalifa deb eʼlon qilindi. Marvon kishilarga qattiq jazo chorasini koʻrishdan oʻzini tiydi, buning oʻrniga kelishuv siyosatini amalga oshirgan holda ularga Suriya tumanlariga () oʻz hokimlarini tanlash imkonini berdi. Tez orada Sulaymon va Ibrohim Damashqqa kelib, Marvon II ga boʻysundilar.
Marvon II ning xalifalik ustidan nazorati barqarorlashib borayotgandek boʻlsa-da, poytaxtni Damashqdan Harron harbiy shahriga koʻchirish qarori Suriyaga xiyonat sifatida qabul qilindi. Bu qaror koʻpchilikning, ayniqsa, magʻlubiyatga uchragan Kalbiylarning gʻazabini keltirdi. Natijada, 745-yilning yozida Falastindagi Kalbiylar mahalliy hokim Sobit ibn Nuaym boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtardilar. Qoʻzgʻolon Suriya boʻylab tezlik bilan tarqalib, hatto Hims kabi Qaysiy hududlariga ham tarqaldi. Marvon II Suriyaga qaytib, qoʻzgʻolonni shaharma-shahar bostirishga majbur boʻldi. Himsni taslim boʻlishga majburlagandan soʻng, Damashqni Yazid ibn Xolid al-Qasriy qamalidan ozod qildi, Qasriyning oʻzi esa oʻldirildi. Shundan keyin Sobit tomonidan qamal qilingan Tiberiyani qutqarishga muvaffaq boʻldi. Sobitning oʻzi qochib ketdi, uning qoʻshinlari esa tarqalib ketdi, biroq Sobitning uch oʻgʻli Nu’aym, Bakr va Imron qoʻlga olinib, qatl qilindi. Keyinchalik, Sobit boshqa oʻgʻli Rifoʻa bilan birga ushlanib, ular ham qatl etildi. Marvon II Kalbiy qabilasining asosiy tayanchi boʻlgan Palmiraga hujum qilganidan soʻng, ularning boshligʻi Abrash al-Kalbiy ham oxir-oqibat Marvon II ga taslim boʻldi.
Suriya yana oʻz qoʻliga oʻtganidan soʻng Marvon II Umaviylar oilasi aʼzolariga uning atrofiga toʻplanishni buyurdi va ikki oʻgʻlini oʻziga merosxoʻr qilib qoʻydi. Shundan keyin butun eʼtiborini Iroqqa qaratdi, u yerda Yazid ibn Umar ibn Hubayra boshchiligidagi qoʻshin uning uchun viloyat ustidan nazoratni qoʻlga kiritishga urinayotgan edi. Marvon II yangi qoʻshin yigʻib, uni Ibn Hubayraga yordam berish uchun yubordi. Ayni paytda Suriya shimolida ilgari magʻlubiyatga uchragan Sulaymon boshchiligida yana bir isyon koʻtarildi. Rusofada Marvon II qoʻshini Sulaymon tomoniga oʻtib ketdi. Keyin Qinnasrinni qoʻlga oldi, Marvon II dan norozi boʻlgan koʻplab suriyaliklar ham ularga kelib qoʻshildi. Marvon II oʻz qoʻshinlarining asosiy qismini Iroqdan olib kelib, Qinnasrin yaqinida Sulaymon boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilarni magʻlub etdi. Sulaymon dastlab Palmiraga, u yerdan Kufaga qochib ketdi. Tirik qolgan askarlarining aksariyati uning ukasi Said qoʻmondonligida Himsga chekindi va tez orada Marvon II qoʻshinlari tomonidan qamal qilindi. Qamal 745–746-yillarning qishiga qadar davom etdi, ammo oxir-oqibat Hims ham taslim boʻldi. Suriyaning qayta-qayta qoʻzgʻolonlaridan gʻazablangan Marvon II 746-yilning yozida Suriyaning eng muhim shaharlari, jumladan, Hims, Damashq va katta ehtimol bilan Quddus shahri devorlarini buzib, boshqa qarshiliklarning oldini olishga harakat qildi.
Misr va Iroq thumb|250x250px|Abdulloh ibn Muoviya davrida -yilda Isfahonda zarb qilingan kumush dirham (tanga) Marvon va Qaysiylariga boʻlgan qarshilik Misrda ham yaqqol namoyon boʻldi. U yerda hokim, anʼanaviy ravishda hukmron boʻlgan mahalliy arab koʻchmanchilar jamoasining aʼzosi Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy fuqarolar urushi tartibsizliklaridan foydalanib, oʻzining oldingi mavqeini tiklashga harakat qildi. Hafs suriyaliklarni poytaxt Fustatdan majburan chiqarib yubordi va mahalliy arab boʻlmagan musulmonlar ( va ) orasidan 30 000 kishilik armiya tuzishga kirishdi va ushbu qoʻshinni oʻzining sharafiga deb atadi. Marvon Hafsning oʻrniga Hasan ibn Atahiyani tayinlash uchun uni Misrga yubordi va qoʻshini tarqatib yuborishni buyurdi. Biroq Hafs buyruqni qabul qilishdan bosh tortdi va isyon koʻtardi. Yangi hokimni oʻz qarorgohida qamal qildi, natijada u va Misrni tark etishga majbur boʻldi. Hafs, garchi uning oʻzi buni xohlamasa ham, qoʻzgʻolonchilar tomonidan hokim sifatida tiklandi. Keyingi yili, 745-yilda Marvon Suriya qoʻshiniga boshchilik qilish uchun yangi hokim Havtara ibn Suhayl al-Bahiliyni yubordi. Uning tarafdorlari yangi hokimga qarshilik koʻrsatishga intilishlariga qaramay, Hafs taslim boʻlishga tayyorligini isbotladi. Havtara Fustatni qarshiliksiz qoʻlga oldi, Misrda darhol „tozalash“ ishlarini boshladi, Hafs va bir qancha rahbarlari qurbon qilindi.