Lyej aeroporti, ilgari Lyej-Bierset aeroporti deb atalgan,  – Belgiyaning Lyej shahridan 5 dengiz milyasi (9,3 kilometr; 5.8 milya) gʻarbda Grâce-Hollogneda joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport, asosan, aviayuklarni tashishga ixtisoslashgan. 2021-yil yakuniga koʻra, aeroport orqali 1 412 498 tonna (+26%) yuk tashiklgan. Lyej aeroporti yuk tashish boʻyicha Yevropadagi 5-, dunyodagi 22-eng yirik aeroport hisoblanadi.

Umumiy maʼlumotlar Aeroport Lyej provinsiyasining Grâce-Hollogne munitsipalitetida, Lyej shahrining shimoli-gʻarbida, Belgiyaning sharqida joylashgan. Bu hududdagi birinchi terminal 1930-yilda faoliyat boshlagan.

Aeroport, asosan, yuk/kargo maqsadida foydalaniladi, biroq yoʻlovchilar uchun ham bir qator yoʻnalishlarga (asosan charter) xizmat qiladi. Lyej Yevropa yuklarining 66% (London bilan qoʻshib hisoblaganda 75%) tashiladigan Parij – Amsterdam – Frankfurt oltin uchburchagining markazida joylashgan. 2018-yilda Yevropadagi yettinchi eng yirik kargo aeroporti boʻlgan. Lyej aeroporti Belgiyadagi eng yirik yuk aeroporti hamda Brussel va Brussel-Sharlerua aeroportlaridan keyin uchinchi eng yirik yoʻlovchi aeroportidir2009 report. Bu ASL Airlines Belgium aviakompaniyasining (sobiq TNT Airways) global markazi boʻlib, shuningdek, bir nechta boshqa yuk tashuvchilar tomonidan muntazam yoki nomuntazam foydalaniladi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Yoʻlovchi tashish 2023-yil iyul holatiga koʻra, TUI fly Belgium Lyej aeroportidan muntazam va mavsumiy yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradigan yagona aviakompaniya hisoblanadi.

Yuk tashish

Yer usti transporti Mashina Aeroport E42 (3-chiqish) yonida, muhim magistral kesishmasiga yaqin joylashgan. Avtobus Ekspress avtobus (57-raqamli) aeroportni Lyej-Guillemins bilan bogʻlaydi, u yerda mahalliy, milliy va tezyurar xalqaro poezdlar (Thalys, ICE) bilan ulanish mumkin. 53-raqamli avtobus Lyej shahar markaziga (Place Saint-Lambert) boradi, u yerda Lyej-Saint-Lambert temir yoʻl vokzali va avtobus markaziga, Pont-de-Seraing temir yoʻl stansiyasi va avtobus markaziga ulanish mumkin. 83- va 85-sonli avtobuslar aeroportni Lyej shahar markazi (Place Saint-Lambert) bilan bogʻlaydi, u yerda Lyej-Sent-Lambert temir yoʻl stansiyasi va avtobus markazi hamda Bierset-Avans temir yoʻl stansiyasi bilan aloqa mavjud.

Baxtsiz hodisalar va falokatlar 2021-yil 20-fevralda Niderlandiyaning Maastrixt Axen aeroportidan Nyu-York shahridagi Jon F. Kennedi xalqaro aeroportiga yoʻl olgan Longtail Aviation aviakompaniyasining 5504-reysini amalga oshirayotgan Boeing 747-400 yuk tashuvchi samolyoti bir dvigateli yonib ketgandan yoʻnalishini boshqa tomonga oʻzgartirishga majbur boʻldi va uning qoldiqlari Meerssen shahri ustiga qulab tushdi. Yerdagi ikki kishi jarohatlandi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Belgiya aeroportlari Turkum:Lyej transporti