Mengliboy Murodov – shoir, yozuvchi va dramaturg, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Hayoti 1942-yil 15-mayda Navoiy viloyati Konimex tumanida joylashgan Shodibek qishlogʻida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 1961—1966-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida (hozirgi BuxDU) tahsil olgan.

Ijodi „Mehr“ nomli ilk sheʼriy kitobi 1966-yilda chop etilgan. Shundan soʻng „Xosiyatli kun“ (2001), „Diydor“ (2002), „Yuragimda borin aytdim“ (2005) kabi sheʼriy toʻplamlari, „Gunoh“ (2008), „Savob“ (2011) nomli romanlari, „Mening bola qalbim“ (2009) qissasi, shuningdek, „Koʻngildagi qoʻshiqlar“ (2012), „Umidli dunyo“ (2022) kitoblari chop etilgan.

Mengliboy Murodovning „Gunoh“ romani Oʻzbekiston mustaqilligining 17 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan „Eng ulugʻ, eng aziz“ koʻrik-tanlovida 3-oʻringa loyiq koʻrilgan.

Vafoti Adib 2023-yil 14-martda olamdan oʻtgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari