„The Scarlet Letter“ () — amerikalik yozuvchi Nathaniel Hawthorne qalamiga mansub roman. Ilk bor 1850-yil nashr etilgan. Romandagi voqealar 1642–1649-yillar oraligʻida Massachusets koʻrfazi mustamlakasida sodir boʻladi. Unda nikohsiz farzand koʻrib, qilmishidan pushaymon boʻladigan Hester Prynne haqida hikoya qilinadi. Jazo oʻlaroq Prynne koʻkragida alvon „A“ harfini (inglizcha „adultery“, yaʼni „zino“ soʻzining birinchi harfi) taqib yurishga majbur boʻladi. Tarixiy va diniy mavzular bilan yoʻgʻrilgan roman nominizm, gunoh va ayb mavzularini qamrab oladi.

„The Scarlet Letter“ AQSHda keng omma oʻqishi uchun koʻp adadda bosilgan ilk kitoblarning biridir. Eʼlon qilinishi bilan ommalashgan roman Amerika adabiyotidagi klassik asarlardan biriga aylangan va eng sara AQSH romanlari roʻyxatlaridan oʻrin olgan. „The Scarlet Letter“ asosida bir necha film suratga olingan, pyesalar sahnalashtirilgan. Tanqidchilar romanni shoh asar oʻlaroq baholab keladi. Yozuvchi D. H. Lawrence romanni „Amerika tafakkurining mukammal ishi“ deya taʼriflagan.

Manbalar

Turkum:Nathaniel Hawthorne romanlari