Emma Adler (, qizlik familiyasi Braun (nemischa: Braun); 1858-yil 20-may, Debretsen, Avstriya imperiyasi – 1935-yil 23-fevral, Syurix, Shveytsariya) – siyosiy va jamoat arbobi, Avstriya Sotsial-demokratik ishchilar partiyasining faol aʼzosi, ayollar huquqlari himoyachisi, Fin de siècle davri yozuvchisi, jurnalist, publitsist va tarjimon. Biografiyasi U temir yoʻl xodimi va tadbirkor Ignats Braunning oilasida tugʻilgan. Oila liberal yahudiy burjuaziyasiga mansub boʻlishgan. Olti yoshida Emma jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlib, bokiraligini yoʻqotgan. 16 yoshida eʼtiqodli sotsialist boʻlgan toʻrtta akasining taʼsirida sotsializm gʻoyalariga qiziqib qolgan va sotsial-demokratik harakatning faol ishtirokchisiga aylangan. Uning eng mashhur akalari Genrix Braun (1854-1927) va Adolf Braun (1862-1929) hisoblanishadi. 1878-yilda u Vena ruhiy kasalliklar klinikasida shifokor boʻlib ishlayotgan Viktor Adler bilan tanishadi. Oʻsha yili Avstriya Sotsial-demokratik partiyasining yetakchilaridan biri va asoschisiga aylangan Viktorga turmushga chiqadi. Ularning oʻgʻli Fridrix Adler, sotsialistik siyosatchi va inqilobchi boʻlib 1916-yilda Avstriya bosh vaziri graf Karl fon Shtyurgkni oʻldirgan shaxs sifatida tanilgan. U Avstriya Sotsial-demokratik ishchilar partiyasining faoli sifatida, Xedvig Dom, Berta Pappengaym va Xedvig Laxmann kabi oʻsha davrdagi boshqa yahudiy ayol yozuvchilar bilan hamkorlik qilgan, siyosiy faoliyatini badiiy ijod bilan uygʻunlashtirgan. Taʼlim xodimlari uyushmasida ishlagan. Ingliz va fransuz tillari oʻqituvchisi boʻlgan. Avstriyaning „Die Frau“ ayollar jurnalini muharrir sifatida boshqargan. Adelgeyd Popp asos solgan Avstriya sotsial-demokratiyasining „Arbeiter-Zeitung“ ishchi gazetasi bilan hamkorlik qilgan. Emma Karl Kautskiy bilan boʻlgan yozishmalari orqali tanilgan. Hayoti davomida ruhiy kasalliklar va ogʻir tushkunlikdan aziyat chekkan, koʻp vaqtini ruhiy kasalliklar shifoxonalari va sanatoriylarda oʻtkazishga majbur boʻlgan. 1935-yilda Syurixda vafot etgan. 1887-yilda dramaturg German Bar Emma Adlerga bagʻishlab „La marquesa d’Amaegui. Eine Plauderei“ nomli bir pardali pyesa yaratgan. Ijodi Goethe und Frau v. Stein, 1887 Die berühmten Frauen der französischen Revolution 1789—1795, 1906 Jane Welsh Carlyle: eine Biographie, 1907 Feierabend. Ein Buch für die Jugend, 1902 Neues Buch der Jugend, 1912 Kochschule, 1915 Arbeiter lernen Fremdsprachen Manabalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Emma Adler · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.