Yelena Vladimirovna Vayenga (asl familiyasi – Xrulyova; 1977-yil 27-yanvar; Murmansk viloyati, Severomorsk shahri) – rossiyalik estrada xonandasi, qoʻshiq muallifi, aktrisa, „Shanson goda“ mukofotlari sovrindori, kontr-admiral Vasiliy Semyonovich Juravelning nevarasi. U „Fantastika“ koʻrsatuvining ikkinchi mavsumi gʻolibi ham hisoblanadi.
Vayenga – Kola yarim orolidagi daryoning nomi. Yelenaning ona shahri boʻlgan Severomorsk 1951-yil 18-aprelgacha Yuqori va Quyi Vayengaga boʻlingan boʻlgan. Ism va taxallusning asosida saamcha „urgʻochi bugʻu“ maʼnosini anglatuvchi soʻz yotadi. Bu taxallusni uning onasi oʻylab topgan.
Tarjimai hol 1977-yil 27-yanvarda Severomorskda tugʻilgan. Uch yoshidan qoʻshiq aytishni va musiqa boʻyicha taʼlim olishni boshlagan.
Onasi kimyogar, otasi muhandis boʻlib, Vyujniy qishlogʻida atom suv osti kemalariga xizmat koʻrsatadigan „Nerpa“ kemasozlik zavodida ishlashgan.
Onasi tomonidan bobosi – Shimoliy flot kontr-admirali Vasiliy Semyonovich Juravel, u „Sankt-Peterburgning mashhur insonlari“ kitobida tilga olingan. Buvisi Nadejda Georgiyevna Juravel (uning choʻqintirgan onasi) (1927-2024). Buvisi haqida Vayenganing qoʻshigʻi bor: „Moya babushka chitaet misli…“. Otasining ota-onasi asl peterburglik boʻlib, Leningrad qamalini boshdan kechirganlar. Otasi tomonidan bobosi zenitchi boʻlib, Ulugʻ Vatan urushi paytida Oraniyenbaum yaqinida jang qilgan, buvisi esa qamal paytida Leningraddagi shifoxonada shifokor boʻlgan.
Vayenganing diplomatiya sohasida ishlaydigan Tatyana ismli singlisi bor.
Shaxsiy hayoti 1995-yildan 2011-yilgacha 16 yil davomida qonuniy eri – Ivan Ivanovich Matviyenko (1957-yilda tugʻilgan) – qoʻshiqchining prodyuseri boʻlgan.
2012-yil 10-avgustda Vayenga oʻgʻli Ivanni dunyoga keltirgan.
2016-yil 30-sentyabrda Roman Sadirbayevga turmushga chiqqan. Manbalar
Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Murmansk viloyatida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar