Silk Avia, rasmiy „Silk Avia“ MCHJ – Toshkent shahrida tashkil etilgan Oʻzbekistonning mintaqaviy aviakompaniyasi. Kompaniya Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasining tarkibida boʻlib, uning bazasi Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan.

Tarixi

Tashkil etilishi „Silk Avia“ ichki turizm va biznesni rivojlantirish maqsadida 2021-yil 6-iyulda Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tarkibida tashkil etilgan.

2021-yil noyabr oyida Dubai Airshow 2021 aviasalonida Uzbekistan Airports yangi aviakompaniya haqida ilk taqdimotni oʻtkazgan.

Silk Avia oʻzini Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviatashuvchisiga raqobatchi sifatida emas, balki ichki aviatashuvlarni tashkil etishda hamkor sifatida ishtirok etadi. Kelajakda aviakompaniyani xususiy sektorga oʻtkazish rejalashtirilgan.

Keyinchalik, aviakompaniya ATR turidagi samolyotlardan foydalanishi maʼlum qilingan.

„Uzbekistan Airports“ AJ bosh direktori Raʼno Joʻrayeva parvozlar uchun ATR rusumidagi samolyotlarni tanlanishi haqida quyidagicha fikr bildirgan:

Dastlabki faoliyat Silk Avia Fransiya-Italiya Avions de Transport Régional (ATR) konserni tomonidan ishlab chiqarilgan ATR 72-600 va ATR 42-600 samolyotlaridan foydalanishini eʼlon qilgan.

Aviakompaniya oʻz faoliyatini ilgari Bangkok Airways tarkibida parvoz qilgan uchta samolyot bilan boshlagan. Birinchi samolyot 2023-yil 21-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgan.

2023-yil 20-iyunda Parijdagi Le-Burje xalqaro aviakosmik koʻrgazmasida Nordic Aviation Capital (NAC) kompaniyasidan yana ikkita samolyotni lizing asosida olish toʻgʻrisida kelishuv eʼlon qilingan. Shuningdek, ATR bilan beshta yangi ATR 72 samolyotini sotib olish va global texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar imzolangan.

Yangi samolyotlar Pratt & Whitney PW127XT dvigatellari bilan jihozlangan boʻlib, bu texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini 20 foizga va yoqilgʻi sarfini 3 foizga qisqartirish imkonini beradi.

ATR kompaniyasining bosh ijrochi direktori Natalie Tarno Laud () Silk Avia bilan hamkorlik haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:

Silk Avia 2023-yil 20-aprelda havo operatori sertifikatini olgan. Shu oyda kompaniya ekipajlarni tayyorlash maqsadida texnik parvozlarni amalga oshirgan. Birinchi sinov parvozi 20-aprel kuni Toshkent-Nukus yoʻnalishida boʻlib oʻtgan. Parvoz 2 soat davom etgan. Nukus aeroportida samolyot anʼanaviy suv arkasi bilan kutib olingan. Keyinchalik, Nukus – Navoiy – Toshkent yoʻnalishlarida ham sinov parvozlari oʻtkazilgan.

Texnik parvozlar ATR oʻquv markazi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan. Silk Avia kelajakda Oʻzbekistonda ATR oʻquv markazini ochishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, aviakompaniya Uzbekistan Airways Technics bilan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha hamkorlik qilishini eʼlon qilgan.

Muntazam parvozlarning boshlanishi Texnik parvozlardan soʻng, Silk Avia muntazam reyslarni 2023-yil 25-apreldan amalga oshira boshlagan. Birinchi tijorat parvozi 24-aprel kuni US-131 reysi orqali Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida amalga oshirilgan. Aviakompaniya 2023-yil 1-iyundan boshlab Toshkentdan Fargʻona va Nukusga, shuningdek, Fargʻonadan Urganch, Buxoro va Navoiy shaharlariga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻygan.

Uzbekistan Helicopters kompaniyasi Silk Avia brendi ostida Let L-410 Turbolet samolyotlaridan foydalanib, qisqa masofali parvozlarni yoʻlga qoʻygan. Bu samolyot kichikroq aeroportlar va yoʻlovchi oqimi past boʻlgan yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatishga moslashtirilgan. 2024-yil mart oyida Nukus va Mo‘ynoq oʻrtasida muntazam parvozlar yoʻlga qoʻyilib, Silk Avia tarmogʻi yanada kengaytirilgan. 2024-yil iyul oyiga kelib, aviakompaniya Toshkentdan Qoʻqon, Shahrisabz va Zominga yangi yoʻnalishlarni ochgan.

2024-yil sentyabr oyida Shahrisabz aeroporti qayta ochildi. Shu oyning oʻzida Silk Avia Toshkent-Shahrisabz yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻygan. Bundan oldinroq, 2024-yil iyul oyida mazkur aviakompaniya ATR 72 rusumli samolyotlardan foydalanib, yangi ochilgan Qoʻqon aeroportiga parvozlarni boshlagandi.

2024-yil 8-oktyabrdan boshlab Silk Avia Fargʻonadan Samarqandga va Qoʻqondan Buxoroga muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda. 2024-yil 11-oktyabrdan boshlab esa Qoʻqondan Termizga qoʻshimcha haftalik parvoz yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, barcha parvozlar ATR 72 rusumli samolyotlarda amalga oshirilmoqda.

Silk Avia reyslarida yoʻlovchilarga faqat 0,25 litr suv taqdim etiladi. Aviakompaniya boshqa xizmatlarni, jumladan, ovqatlanish va koʻrpa-yostiq bilan taʼminlash xizmatlarini koʻrsatmaydi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, qoʻshimcha xizmatlarni cheklash orqali aviachiptalar narxi sezilarli darajada arzonlashadi, bu esa aviakompaniyaning temir yoʻl transportiga raqobatdoshligi oshishini taʼminlaydi.

Silk Avia faoliyatining dastlabki oyida tadan ortiq parvozni amalga oshirdi va nafardan ziyod yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan.

Tarkibiy oʻzgarishlar 2023-yil oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq, „Oʻzbekiston Havo Yoʻllari“ (Uzbekistan Airways) milliy aviakompaniyasi tarkibida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirilgan.

Qarorga koʻra:

„Silk Avia“ kompaniyasining 100% kapitali „Uzbekistan Helicopters“ ustav kapitaliga oʻtkazilgan. „Uzbekistan Airports“ tomonidan xarid qilingan uchta ATR 72-600 samolyoti „Uzbekistan Helicopters“ tasarrufiga oʻtkazilgan. „Uzbekistan Helicopters“ kompaniyasiga ATR 72-600 samolyotlari sonini koʻpaytirish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston aviatsiya sohasini rivojlantirish va samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgani qayd etilgan.

Xalqaro parvozlar 2024-yil avgustida aviakompaniya oʻzining birinchi xalqaro parvozini Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyatiga amalga oshirgan. Shu oyning oʻzida Samarqanddan Qozogʻistonning Turkiston shahriga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Aviaparki

2024-yil oktyabr oyi holatiga koʻra, Silk Avia ATR konserni va Chexiyaning Let Aircraft Industries kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan turbovintli, oʻrta masofali samolyotlar bilan parvozlarni amalga oshiradi. +Silk Avia aviaparkiSamolyotBuyurtmalarOʻrindiqlarManbalarATR 72-6005872Let L-410 Turbolet2219ATR 42-600 -246Jami:712

Parvoz manzillari Silk Avia Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida ichki va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi. + Mamlakat Shahar Aeroport Izoh Manbalar Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand Samarqand xalqaro aeroporti Baza Toshkent Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Urganch Urganch xalqaro aeroporti Buxoro Buxoro xalqaro aeroporti Navoiy Navoiy xalqaro aeroporti Qarshi Qarshi xalqaro aeroporti Namangan Namangan xalqaro aeroporti Shahrisabz Shahrisabz aeroporti Zomin Zomin aeroporti Qoʻqon Qoʻqon aeroporti Fargʻona Fargʻona xalqaro aeroporti Termiz Termiz xalqaro aeroporti Qoraqalpog'iston Respublikasi Moʻynoq Moʻynoq aeroporti Nukus Nukus xalqaro aeroporti Qirgʻiziston Respublikasi Tomchi Issiqkoʻl xalqaro aeroporti Mavsumiy Qozogʻiston Respublikasi Turkiston Hazrati Sulton xalqaro aeroporti Yana qarang

Oʻzbekistonning transport sohasi Oʻzbekiston aviakompaniyalari roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Lou-kosterlar Turkum:Markaziy Osiyo aviakompaniyalari Turkum:Oʻzbekiston aviakompaniyalari Turkum:Toshkentdagi kompaniyalar