Pavel Matus (1982-yil 26-mayda tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Turkmaniston terma jamoasida darvozabon murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Futbolchilik faoliyati Pavel faoliyatining dastlabki qismida „Galkan“ (2000—2001), „Kopetdag“ (2002) va „Nisa“ (2003—2004) jamoalarida Turkmaniston chempionatida oʻynagan. Soʻngra 2005-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan va „Buxoro“ (2005—2006), „Andijon“ (2007) va „Lokomotiv“ (2008) klublari tarkibida oʻynagan. 2009-yildan 2016-yilgacha Turkmanistonning „Nebitchi“ jamoasida oʻynagan.

OFK kubogi va OFK prezidenti kubogi saralash bahslarida ishtirok etgan.

Matus 23 yoshgacha boʻlgan Turkmaniston terma jamoasida oʻynagan. Turkmaniston terma jamoasi mashgʻulotlarlarida ishtirok etgan.

Murabbiylik faoliyati 2022-yildan Turkmaniston terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi.

Manbalar

Havolalar

Pavel Matus Transfermarkt saytida Pavel Matus Playmakerstats saytida

Turkum:26-mayda tugʻilganlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Nisa klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar