Nigora Abdurahmonovna Karimboyeva (1979-yil 11-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik aktrisa va teleboshlovchi, radioboshlovchi. „Sardor“, „Chashma“, „Togʻa“ filmlaridagi rollari hamda boshqa filmlardagi salbiy rollari bilan tanilgan.
Hayoti Nigora Karimboyeva 1979-yil 11-fevralda Toshkentda pedagoglar oilasida tugʻilgan. Otasi qurilish kollejida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Onasi arxitektor. Ularning Nigora, Hilola, Dildora ismli 3 qizi boʻlgan boʻlib, aktrisa toʻngʻich farzandidir. 16 yoshida otasining qarshiligiga qaramasdan Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining kino aktyorligi fakultetiga oʻqishga kirgan. Oʻqishni 1999-yilda tamomlagan.
Faoliyati 2-kursligida Ilhom teatrida qoʻyilgan „Beliy, beliy, cherniy aist“ („Oppoq, oppoq, qora laylak“) spektaklidagi Mohichehra rolini oʻynagan. Kinodagi birinchi rolini 1999-yildan Yolqin Toʻychiyevning „Fevral“ filmida ijro qilgan. Aktrisa koʻproq kursdoshi rejissyor, ssenariychi Yolqin Toʻychiyev hamda Zulfiqor Musoqov, Yusuf Roziqovning filmlarida suratga tushgan. 2004—2014-yillarda Sport telekanalida diktor boʻlib ishlagan. Shundan keyin 6 yil davomida Oʻzbekiston telekanalidagi „Oydin hayot“ tok-shousida boshlovchilik qilgan.
Ijodiy faoliyati davomida kinoda 15 dan ortiq bosh rollarni oʻynagan. Oʻnga yaqin spektakllarda rol ijro etgan, xususan, Ilhom teatrida sahnalashtirilgan Carlo Gozzining „Baxtli gadolar“ () pyesasida Smeraldina, Federico García Lorcaning „Qonli toʻy“ () Leonardoning xotini, Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan William Shakespearening „Yoz tunidagi tush“ () pyesasida Germiya, „Qirol Lir“ pyesasida Kordeliya rolini oʻynagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida „Sahna nutqi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi hamda Ilhom teatri aktrisasi boʻlib ishlaydi.
Oilasi Turmush oʻrtogʻining ismi Shokir, ularning Jaʼfar ismli bir oʻgʻli bor. Singillari Hilola Kanadada va Dildora Janubiy Koreyada istiqomat qilishadi.
Mukofotlari 2018-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan. Filmografiyasi Kino +YilFilm nomiRol2000Ayollar saltanatiNotanish goʻzal2005Alvido sevgiMuqaddasXotira rashkiSanatoriya shifokoriSarvinoz 2. Baxt uchun millionZaynab2006Vatanepizod rolChashmaOrziOsmon yaqinNigora2007Oppoq, oppoq, qora laylak (film-spektakl)Mohichehra2010MehribonimKumushDadaHanifa Qurbonova2011QoʻrgʻoshinGulbahorOʻxshatmasdan uchratmasLobar2012QovunLolaxonTubanlikoʻqituvchi Shoira2013Soy qoʻshigʻiMaktab direktoriBekatdagi odamepizod rol2014TogʻaLolaRoʻyo (Akaxon)Vohidning xotini2015Katta odamNilufarning onasi2016MaʼsumaMalika2018MaqsadOnaBerlin — OqqoʻrgʻonNodiraSabotMaktab oʻqituvchisiSarvqomat dilbarimTergovchi Alimova2020IlhaqZarifa2022Dada deginbolaning onasiKasallik tarixiVazir2023Osmondagi bolalar 3epizod rol
Teleserial +YilFil nomiRol2000SardorZamira2005Ayol zotiZuhraSardor 2Zamira2011FidoyilarGulbahor2014Kuch birlikdaMadinaning onasi2019OjizaBosh rolZaharli tomchilarBosh rol2021MaktabOgʻay ona2022Ofitser 55Lidiya Abbosova2023Hokim buvaRisolatIkkinchi otaBosh rol
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar