Debra Lynn Messing (1968-yil 15-avgustda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. Nyu-York universitetining Tisch sanʼat maktabini tugatgandan soʻng, Fox telekanalining „Ned and Stacey“ (1995—1997) hamda ABC telekanalining „Prey“ (1998) teleseriallarida rol oʻynagan. Undan keyin NBC telekanalining „Will & Grace“ (1998—2006, 2017—2020) sitkomida interyer dizayner Grace Adler rolini oʻynagan. Ushbu filmdagi roli uchun yettita Oltin globus mukofotiga va „Komediya serialidagi eng yaxshi bosh rol aktrisasi“ nominatsiyasida beshta Primetime Emmy mukofotiga nomzod boʻlib, 2003-yilda bir marotaba Primetime Emmy mukofotini qoʻlga kiritgan.
2007-yildan 2008-yilgacha Messing „The Starter Wife“ televizion mini-serialida Gollivud kino magnatining sobiq rafiqasi Molly Kagan rolini oʻynagan. Bu roli uchun ikkita Oltin globus, bitta Primetime Emmy hamda Screen Actors Guild mukofotiga uning nominatsiyasi qoʻyilgan. Shundan soʻng u NBC telekanalining „Smash“ (2012-2013) nomli musiqiy dramasida rol ijro etgan. 2017-yildan 2020-yilgacha Messing NBC telekanalda namoyish etiladigan „Will & Grace“ serialining uch faslida Grace Adler rolini yana ijro etgan va oʻzining ijrosi uchun toʻqqizinchi marotaba Oltin globus mukofotiga nomzodi qoʻyilgan.
Messingning, shuningdek, „A Walk in the Cloud“ (1995), „Jesus“ (1999), „The Mothman Prophecies“ (2002), „Hollywood Ending“ (2002), „Along Came Polly“ (2004), „The Wedding Date“ (2005), „Lucky You“ (2007), „The Women“ (2008), „Nothing Like the Holidays“ (2008), „Searching“ (2018) va „13: The Musical“ (2022) kabi filmlarda ham rol ijro etgan hamda „Garfield“ (2004) va „Ov mavsumi“ (2006) kabi animatsion filmlarga ovoz bergan.
Hayoti Messing Nyu-Yorkning Bruklin shahridaStated in interview on Inside the Actors Studio, professional qoʻshiqchi, bankir, sayohat va koʻchmas mulk agenti boʻlib ishlagan Sandra (Simons) va kostyumlar uchun zargarlik buyumlari qadoqlari ishlab chiqaruvchisi Brayan Messinglar oilasida tugʻilgan. Ularning yahudiy ajdodlari Rossiya va Polshadan koʻchib kelishgan. Messing maʼlum bir yoshga yetganida u bilan „Bat Mitzva“ marosimi oʻtkazilgan. Uch yoshga toʻlganida esa ota-onasi va akasi Brett bilan birgalikda Rod-Aylendning East Greenwich shahriga koʻchib oʻtgan.
Messingning ota-onasi uning aktrisa boʻlish niyatini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsalar-da, ular karyera sifatida aktyorlikka qaror qilishdan oldin uni liberal sanʼat taʼlimini tugatishga undashgan. Ularning maslahatiga koʻra, u Brandeis universitetiga oʻqishga kirgan. Messing u yerda ota-onasining xohishlariga koʻra, kurslarni toʻrtdan uch qismini teatr va aktyorlikka oid boʻlmaganlaridan tanlagan.
1990-yilda Brandeisni teatr sanʼati boʻyicha sanʼat bakalavri diplomi bilan tugatganidan soʻng, Nyu-York universitetining aktyorlik dasturiga oʻqishga kirgan. Ushbu dasturga har yili 16 nafar yangi talaba qabul qilinar edi. Messing bu yerda uch yil oʻqib, tasviriy sanʼat magistri darajasini olgan.
Shaxsiy hayoti Messing aktyor va ssenariynavis Daniel Zelman bilan 1990-yilda Nyu-York universitetida tanishgan. Ular 2000-yil 3-sentyabrda turmush qurishgan va Manhattanda yashashgan. 2004-yil 7-aprelda ularning o‘g‘li, Roman dunyoga kelgan. 2011-yil dekabr oyida u va eri 11 yillik nikohdan so‘ng ajralishga qaror qilishgan Messing filed for divorce on June 5, 2012,. Messing 2012-yil 5-iyunda ajrashish uchun ariza bergan va ajralish 2016-yil 1-martda rasman qayd etilgan. Messing hamkasbi Will Chase bilan 2011-yil oxiridan 2014-yil oktyabrigacha uchrashib yurgan.
Messing Demokratlar partiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 2018-yilda u Mandana Dayani bilan birga saylovchilarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus harakatga asos solgan. 2021-yilda Gruziyada bo‘lib o‘tadigan saylovlardan oldin Messing o‘zining Instagram sahifasida kuzatuvchilarini VoteRiders tashkilotiga yo‘naltiruvchi xabar joylashtirgan. Bu xabarda ovoz berish uchun zarur bo‘lgan ID hujjatlari haqidagi ma’lumotlar va ularni olishda ko‘rsatiladigan yordam haqida axborot berilgan.
Filmografiyasi Filmlari Yil Film Rol Izoh1995-yilA Walk in the CloudsBetty Sutton1997-yilMcHaleʼs NavyLt. Penelope Carpenter1998-yilCelebrityTeleboshlovchi 2002-yilThe Mothman PropheciesMary KleinHollywood EndingLori2003-yilMarion's Triumph Narrator 2004-yilAlong Came PollyLisa KramerGarfieldArlene Ovoz bergan2005-yilThe Wedding DateKat Ellis2006-yilOv mavsumiBethOvoz bergan 2007-yilPurple VioletsKate ScottLucky YouSuzanne Offer 2008-yilThe WomenEdie CohenNothing like the HolidaysSarah Rodriguez2014-yilLike Sunday, Like RainBarbara2016-yilAlbion: The Enchanted StallionQirolicha2018-yilSearchingRosemary Vick 2020-yil Irresistible Babs Garnett The Dark Divide Thea Linnea Pyle 2022-yil 13: The Musical Jessica Goldman Bros 2025-yilAlto KnightsBobbie CostelloSuratga olinmoqda
Teleseriallari Yil Serial Rol Izoh1994—1995-yillarNYPD BlueDana Abandando3 ta qism1995-yilPartnersStaceyEpizod: „City Hall“1995—1997-yillarNed & StaceyStacey Colbert Bosh rol1996—1997-yillarSeinfeldBeth LooknerEpizodlar: „The Wait Out“ va „The Yada Yada“1998-yilPreyDr. Sloan Parker Bosh rol1998—2006-yillar va 2017—2020-yillarWill & GraceGrace Adler1999-yilJesusMary MagdaleneTelevizion film2002-yilKing of the HillMrs. Hilgren-BronsonEpizod: „Get Your Freak Off“2006-yil va 2012-yilProject Runway Mehmon sudya2-mavsum, epizod: „Finale – Part 2“10-mavsum, epizod: „I Get a Kick Out of Fashion“2007-yilThe Starter Wife Molly Kagan Mini-serial (6 ta qism)2008-yil Bosh rol2009-yilSesame StreetEpizod: #41902011-yilLaw & Order: Special Victims UnitAlicia HardingEpizod: „Pursuit“2012—2013-yillarSmashJulia HoustonBosh rol2014-yil, 2016-yil va 2019-yilProject Runway All StarsMehmon sudya3 ta qism2014—2016-yillarThe Mysteries of LauraLaura DiamondBosh rol2015-yilJeopardy!4 ta qism2016-yilMatch Game1 ta qism2016—2017-yillarNightcap2 ta qism2017-yilDirty DancingMarjorie HousemanTelevizion film
Manbalar
Havolalar
Debra Messing Video produced by Makers: Women Who Make America
Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yahudiy Amerika aktrisalari