Stereopolina (haqiqiy ismi – Morgunova Karina Nailevna, 1995-yil 5-may, Qozon) – sint-pop, sint-veyv, post-pank, elektroklesh janrlarida ijod qiladigan rossiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. VK fest, Motherland, Moscow Music Week, XX Moscow Synthetic Snow Festival kabi musiqa festivallari ishtirokchisi.

Hayoti Karina 1995-yil 5-mayda Qozonda tugʻilgan.

2001-yilda olti yoshida Qozondagi 28-musiqa maktabiga fortepiano sinfiga oʻqishga kirdi. Qizning oilasining sanʼatga aloqasi yoʻq. Oʻsmirlik davrida u bas gitara chalgan folk-metal guruhining aʼzosi boʻldi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktabini tugatgach, Qozon davlat madaniyat institutining „Kino va televideniye“ fakultetiga oʻqishga kirdi.

Karyerasi Institutda oʻqish bilan bir qatorda Qozonning Buloqdagi Yoshlar teatrida bosh ovoz rejissyori boʻlib ishlay boshladi. Karina beshinchi kurs talabasi boʻlganida Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgunga qadar ishlagan.

2018-yil avgust oyida uning debyut albomi „Sumerechnaya zona“ chiqdi. 2018-yil oktyabr oyida Sankt-Peterburgdagi „Molchat doma“ guruhining „Etaji“ albomining taqdimotida chiqish qildi.

2020-yil yanvar oyida oʻzining karyerasi uchun muhim boʻlgan „Institut kulturi i otdixa“ nomli ikkinchi albomini chiqardi. Ushbu albomdan boshlab qoʻshiqchi sintipop va retroveyv janrlarida ishlay boshladi. Albom yil oxirida bir nechta toplarga kiritildi, xususan: „Noj“ jurnali va „National Public Radio“.

2020-yilda „Poslednee svidanie“ qoʻshigʻining klipi chiqdi, u MTV telekanalida „12 zlobnix zriteley“ va Berlin Music Video Awardsda „Silver Screening“ tanloviga kiritilgan.

2022-yil fevral oyida Berlin Music Video Awards mukofotiga „Best Narrative“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan „Solnechniy malchik“ qoʻshigʻining klipi chiqdi.

2023-yilda „Kaleydoskop“ qoʻshigʻi „Pleylist volontyora“ serialiga kiritilgan. Shuningdek, bu yil Stereopolina „Pishebloka“ ning ikkinchi mavsumi uchun saundtrek yozdi, qoʻshiq „Ya sam ne svoy“ deb nomlandi.

Diskografiyasi

Studiyaviy albomlari

„Sumerechnaya zona“ (2018) „Institut kulturi i otdixa“ (2020) „Superlunie“ (2021) „Pesni dlya xoroshego nastroeniya“ (2024)

Mini-albomlari

„Yad“ (2018) „Avgust“ (2019) „Gosti bez budushego“ (2022)

Toʻplamlari

„Instrumental“ (2020) „Speed Up & Slow“ (Remix) (2023)

Singllari

„Je suis riche“ feat. Nikita Sokolov (2018) „Nemoe kino“ (2019) „Solnechniy malchik“ (2020) „Ya xochu domoy“ (2023) „Ya sam ne svoy“ (OST Piщeblok 2) (2023) „Plastilin“ (2024) „Ne boysya“ (2024)

Tribyutlari

„Yeshyo gromche!“ (Tarakani! tribyut) (2021) „Mi vishli iz Kino 2“ (Kino, tribyut) (2022) „Kolibri“, tribyut (2023) Manbalar

Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar