Artyom Kacher (haqiqiy ismi Artyom Arestakovich Kacharyan; 1988-yil 17-avgust, Vladikavkaz, RSFSR, SSSR) – rossiyalik qoʻshiqchi, rep ijrochi.

Hayoti Boʻlajak musiqachi 1988-yil 17-avgustda Vladikavkazda tugʻilgan. Artyom Asher va Timbalandni oʻzining „otalari“ va rep olamiga asosiy yoʻlboshchilari deb ataydi. Ota-onasi yosh sanʼatkorning istaklarini maʼqullamagan. Ular oʻgʻlining Shimoliy Osetiya davlat universitetiga, yuridik fakultetga kirishini talab qilishardi.

Aynan talabalik yillarida Artyom ijod qilishni xohlayotganini tushundi. Turli yoshlar festivallari, shu jumladan KVN uni bunday qarorga kelishga undadi. Unga musiqa bilan shugʻullanish yoqib qoldi.

Karyerasi Artyom oʻzining musiqiy karyerasini 2011-yilda boshlagan. Dastlab u „Faktor A“ shousida ishtirok etdi, u yerda Lolita Milyavskaya koʻmagida finalga chiqdi, ammo magʻlub boʻldi. Bir yil oʻtgach, 2012-yilda „Ovoz“ loyihasida ishtirok etdi.

2016-yilda Artyom Rossiyada mashhur prodyuser va ijrochi Artyom Umrixinning (hammaga Artik nomi bilan tanilgan va Artik & Asti dueti vakili) „Self Made Music“ yorligʻiga taklif qilindi.

Jigan bilan birga yozilgan „DNK“ qoʻshigʻi uchun Artyom oʻzining birinchi „Oltin grammofoni“ni oldi. Keyin esa „Grustniy Dans“ mukofotini ham qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayoti Qoʻshiqchi Sasha Evans nomi bilan ham tanilgan model Sasha Rabajiyeva bilan 2022-yil 17-yanvarda oila quradi. Ular 2017-yilda oʻz ona shahri Vladikavkazda tanishgan va toʻqqiz yillik yosh farqiga qaramay, bir-birlariga yoqib qolishgan.

2023-yil aprel oyida ular oʻgʻil farzandli boʻlishdi, ota-onasi unga Ares deb ism qoʻyishdi.

Diskografiyasi

Studiya albomlari NomiMaʼlumotEslatmaOdin na odin Reliz: 22 fevralya 2019 Leybl: Self Made Music Format: Tsifrovaya distributsiyaBudu tebya lyubit Reliz: 26 maya 2020 Leybl: Self Made Music Format: Tsifrovaya distributsiyaKAChYeR Reliz: 28 yanvarya 2021 Leybl: Self Made Music Format: Tsifrovaya distributsiyaDevochka, ne plach Reliz: 27 yanvarya 2022 Leybl: Self Made Music Format: Tsifrovaya distributsiyaFevral Reliz: 3 fevralya 2023 Leybl: Self Made Music Format: Tsifrovaya distributsiyaSiyay Reliz: 16 fevralya 2024 Leybl: Self Made Music Format: Tsifrovaya distributsiya

Mini albomlari NomiMaʼlumotEslatmaDRAMA ― EP Reliz: 1 iyulya 2021 Leybl: Self Made Music Format: Tsifrovaya distributsiya

Manbalar

Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Reperlar Turkum:Vladikavkazda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar