Michael Aronov (1976-yil 4-mayda tugʻilgan) – kino, televideniye va teatr sohasida faoliyat olib borgan amerikalik aktyor. 2017-yilda „Oslo“ spektaklidagi Uri Savir roli uchun „Spektakldagi eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Tony mukofotini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, „The Americans“ filmida refusenik olim Anton Baklanov rolini ijro etgani bilan ham tanilgan.

Hayoti Aronov O‘zbekistonning Toshkent shahrida tugʻilgan va buxorolik yahudiylardan boʻlganTonys Recap: Bette Midler, Ben Platt, and Rachel Bloom Steal the Show Tablet. 12 June 2017. U Florida shtatining Mayami shahrida oʻsgan va shu yerdagi sanʼat maktabini tamomlaganThese two men won Tony Awards after Florida Legislature wanted to defund their arts high school Miami Herald. 12 June 2017. 1998-yilda Southern Methodist universitetida teatr boʻyicha bakalavr darajasini olganSchools of the Stars: Where Oslo Cast and Creators Went to College Playbill. 13 April 2017.

Faoliyati Aronov „The Americans“ serialining uchta mavsumida oilasidan ajratilgan va siyosiy mahbus sifatida surgun qilingan fizik rolini ijro etgan. 2017-yilda „The Blacklist“ serialida esa u yangi aktyor sifatida qabul qilinib, James Spaderning sevimli firibgar hamrohi Smokey Putnum rolini oʻynashga taklif qilingan. Bundan tashqari, Aronov Showtime telekanalining „Billions“ serialida Jon Malkovichning oʻng qoʻli rolida ishtirok etgan. U Cinemax telekanali uchun suratga olingan „Jett“ deb nomlangan serialda bosh rollardan birini oʻynagan, undan keyin esa „Operation Finale“ filmida Ben Kingsley va Oscar Isaaclar bilan birgalikda katta ekranlarda koʻrinish bergan.

Aronov 2014-yilda Tom Hardy va James Gandolfini bilan birgalikda „The Drop“ filmida rol ijro etgan. Ushbu filmdagi Chechen sarkardasi hamda bosh gangster hisoblangan Chovka roli unga katta mashhurlik keltirgan. U „Lbs.“, „Amexicano“ va „Hedwig and the Angry Inch“ kabi filmlarda ham rol oʻynagan. Aktyor, shuningdek, uchuvchi Larenz Tate bilan birga „Gun Hill“ filmida Denni Raden rolini ijro etgan. Aronovning boshqa televizion ishlariga „Reign“ serialidagi Neapol grafi Count Vincent, „The Good Wife“ serialidagi Danny Lambros, „Person of Interest“ serialidagi Michael Cahill, „Blue Bloods“ serialidagi Ricky Vintano, „Without a Trace“ serialidagi milliarder Brice Hunter hamda „Madam Secretary“ va „The Closer“ seriallaridagi takroriy rollari kiradi.

Aronov oʻzining 2017-yilda ijro etgan „Oslo“ spektaklidagi Uri Savir roli uchun „Pyesadagi eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Tony mukofotiga sazovor boʻlgan He was also honored with the Lucille Lortel Award,. U, shuningdek, ushbu pyesadagi ijrosi uchun Lucille Lortel va Obie mukofotlari bilan ham taqdirlangan hamda Drama Desk va Outer Critics Circle mukofotlariga nomzod boʻlgan. Ushbu spektakldan oldin esa aktyor Nyu-Yorkdagi Aktyorlar studiyasida Lyle Kesslerning „First Born“ pyesasida Paul obrazini gavdalantirgan. U Theresa Rebeckning „Mauritius“ pyesasida bosh rolni ijro etgani uchun Elliot Norton mukofotini „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasidaqoʻlga kiritgan. Brodveyda u Bartlett Sher rejissyori boʻlgan „Golden Boy“ sahna asarining Tony mukofotiga nomzod boʻlgan (2012-2013) namoyishida Siggie rolini ijro etgan U Sher va Linkoln sahna sanʼati markazi bilan yana bir bor ishlagan hamda 2011-yilda sahnalashtirilgan „Blood and Gifts“ pyesasining Amerikadagi premyerasida Gromov rolini oʻynagan. Aronov, shuningdek, Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan „Manigma“ (2006, 2010) shousida ham ishtirok etgan. Yevropada u „A Streetcar Named Desire“ (2009) nomli klassik sahna asarida Stanley Kowalski obrazini tasvirlagan. Aktyor, shuningdek, Cherry Lane teatrida „Miss Julie“ (2004) pyesasida Jean, „The Bacchae 2.1“ (2001) nomli pyesada esa Dionis rollarini oʻynagan. „King Lear“ (1999) sahna asaridagi ijrosi uchun esa Edgar mukofotga sazovor boʻlgan.

Filmografiyasi Televizion +YilNomRolIzoh2000-yilThe BeatVendor1 ta qism, „Cueca Solo“2000-yilSpin CityBirinchi protestant1 ta qism, „Airplane!“2000-yilAll My ChildrenLazlo1 ta qism2000-yilLaw & Order: Criminal IntentAvi1 ta qism, „One“2000-yil va 2002-yilLaw & Order: Special Victims UnitGorsky; Igor2 ta qism, ikkalasida ham ikki xil qahramon2003-yilThreat MatrixAmir Abadiyah1 ta qism, „Patriot Acts“2006-yilThe GameBabak1 ta qism, „Gifted“2008-yilWithout a TraceBrice Hunter1 ta qism, „22 x 42“2008-yilLipstick JungleSerge1 ta qism, „Chapter 14: Let the Games Begin“2009-yilLife on MarsYuri Demidov1 ta qism, „Take a Look at the Lawmen“2000-yil, 2007-yil va 2009-yilLaw & OrderAlex Arshavin; Karl Rostov; Andre Korsakoff3 ta qism, har bir qismda har xil qahramonlar2010-yilWhite CollarClark Maskhadov1 ta qism, „In the Red“2010-yilBlue BloodsRicky Vintano1 ta qism, „Officer Down“2010-yilThe CloserArmand MarkuIn 2 episodes2011-yilBurn NoticeVlade / Serb1 ta qism, „Enemy of My Enemy“2011-yilThe Good WifeDanny Lambros1 ta qism, „The Death Zone“2011-yilGun HillDanny RadenTelefilm2012-yilPerson of InterestMichael Cahill1 ta qism, „Blue Code“2012-yilAmericanaAlexander OrloffTelefilm2013-yilGolden BoyDominic Quinlan1 ta qism, „Vicious Cycle“2013-yilElementaryAndrej Bacera1 ta qism, „Heroine“2013-yilReignCount Vincent1 ta qism, „Left Behind“2015-yilForeverDasha1 ta qism, „The King of Columbus Circle“2015-yilThe Mystery of Matter: Search for the ElementsDmitri MendeleevHujjatli mini-serial2015-yilQuanticoHamza Kouri1 ta qism, „Go“2014-2016-yillarThe AmericansAnton Baklanov12 ta qism2014-yil va 2016-yilMadam SecretaryAnton Durchenko2 ta qism2016-yilThey Shall Not Perish: The Story of Near East ReliefLeslie A. DavisHujjatli film2018-yilBillionsMichael3 ta qism2017-2019-yillarThe BlacklistJoe Smokey Putnum6 ta qism2019-yilJettJack Jackie Dillon9 ta qism2021-yilHit & RunIsaac5 ta qism2022-yilThe First LadyRahm Emanuel

Filmlari +YilNomRolIzoh2000-yilHedwig and the Angry InchSchlatko (guruh aʼzosi)2004-yilLBs.Sacco Valenzia2007-yilAmexicanoAlex2008-yilSoldier’s HeartRasmiy direktor2009-yilCold SoulsMafioso2010-yilAnomaly: OblivionSimon (ovoz bergan)Qisqa metrajli film2012-yilHappy HourChristoQisqa metrajli film2013-yilFortune HousePeterQisqa metrajli film2014-yilThe DropChovka2018-yilHalf MagicJohn2018-yilOperation FinaleZvi Aharoni2021-yilCrisisMinas

Mukofotlari YilMukofotYoʻnalishNominantNatija2017-yilTony AwardSpektakldagi eng yaxshi aktyorOsloDrama Desk AwardSpektakldagi eng yaxshi aktyorOuter Critics Circle AwardSpektakldagi eng yaxshi aktyorLucille Lortel AwardSpektakldagi eng yaxshi aktyorObie AwardEng yaxshi ansambl

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik aktyorlar