Miguel Gutiérrez Ortega (2001-yil 27-iyulda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Girona“ klubi chap qanot himoyachisi.
Klublardagi karyerasi Real Madrid Ispaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan Gutiérrez faoliyatini dastlab „Getafe“ klubida boshlagan va keyinchalik 2011-yilda „Real Madrid“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2017-yil iyul oyida „Manchester United“ning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi José Mourinho unga qiziqish bildiradi ammo 16 yoshli futbolchining oʻzi ispan klubi safida qolishni tanlagan.
2019-yilning yozida Gutiérrez yangi kelgan Ferland Mendyning jarohatidan soʻng murabbiy Zinedine Zidane tomonidan Audi Cup turnirida ishtirok etish uchun asosiy jamoa tarkibiga kiritildi. Keyinchalik u 2001-yilda tugʻilgan „Real Madrid“ akademiya futbolchilaridan asosiy jamoaga jalb qilingan ilk futbolchi aylandi.
U 2021-yilning 21-aprelida „Real Madrid“ jamoasining „Cádiz“ga qarshi kechgan oʻyinida debyut qilgan. U ilk startini esa shu yilning 15-mayida boʻlib oʻtgan „Granada“ klubiga qarshi bahsda oʻtkazgan va yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Girona 2022-yilning 5-avgustida Gutiérrez „Girona“ jamoasi bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi, „Real Madrid“ esa futbolchi sotuvidan keladigan kelasi foydadan 50%ini oʻziga olishi belgilab qoʻyildi. U klubdagi debyutini 2022-2023-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida oʻtkazdi. Futbolchi „Valencia“ga qarshi kechgan bahsning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. 2023-yilning 4-martida Gutiérrez „Girona“ tarkibidagi ilk golini oʻzining sobiq jamoasi „Getafe“ga qarshi bahsda kiritdi. 2023-yilning 11-dekabrida uning jamoasi „Barcelona“ga qarshi safarda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. Bu klubing tarixdagi Kataloniyaliklar ustidan qozongan ilk gʻalabasi edi.
Statistikasi
+KlubMavsumLigaMahalliy kubolMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarReal Madrid Castilla2020–2021Segunda División B151——001512021–2022Primera División RFEF162———162Umumiy313——00313Real Madrid2020–2021La Liga60000000602021–2022La Liga3000100040Umumiy90001000100Girona2022–2023La Liga34220——3622023–2024La Liga35250——4022024–2025La Liga1000000010Umumiy704700000774Umumiy11077010001187
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Girona FC futbolchilari Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar