Galkinish gaz koni, eski nomlari Yoʻloʻtan gaz koni yoki Janubiy Yoʻloʻtan – Usmon koni, – Turkmanistonning Mari viloyati Yoʻloʻtan shahri yaqinidagi tabiiy gaz koni. Jahondagi oltinchi yirik gaz koni.
Tarixi Gaz koni 2006-yil 2-noyabrda topilgan. Mamlakatning oʻsha vaqtdagi prezidenti Saparmurod Niyozov Xitoyning CNPC hamda Turkiyaning Çalik Enerji kompaniyalarini Yoʻloʻtan konida geologiya-razvetka va qazish ishlariga taklif qilgan. 2008-yil gaz koni Gaffney, Cline & Associates tomonidan tekshirilgan. Gaffney, Cline and Associates (GCA) maʼlumotlariga koʻra, Galkinish Davlatobod gaz konidan besh marta katta va dunyoning toʻrtinchi yoki beshinchi eng yirik gaz koni.
2009-yil dekabrda CNPC, Hyundai Engineering va Petrofac konda qazish ishlari boʻyicha shartnomani qoʻlga kiritadi.
2011-yil noyabrda kon nomi Galkinishga oʻzgartiriladi. Qazib olish 2013-yil sentyabrda boshlangan.
Tavsifi Kon boʻlgan ehtimoliy tabiiy gaz zaxiralari hamda boʻlgan tijoriy zaxiralari bilan dunyodagi beshinchi eng yirik gaz koni hisoblanadi. maydonni egallaydigan konning uzunligi , kengligi , chuqurligi . Galkinish Yoʻloʻtan, Minora, Usmon va Yoshlar konlaridan iborat. Yaqin atrofida Gunorta Garakel, Garakel, Giurgiu, Gazanli, Gundogar Yoʻloʻtan va Gunbotar Yandakli kabi gaz hududlari joylashgan.
Neft zaxiralari 300 million tonna. Galkinishda qazib olingan xom neft Seydi neftni qayta ishlash zavodiga tashiladi.
Qazish ishlari Kondan Turkmangaz gaz qaziydi. CNPC, Hyundai Engineering va Petrofac gazni qayta ishlash zavodlarini qurgan.
Manbalar
Turkum:Turkmaniston gaz konlari Turkum:Markaziy Osiyo energetikasi