Coca-Cola Students Cup — Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan mini-futbol musobaqasi. Ichki ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va professional futbol ligasi hamkorligida 2022-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi.
Asosiy homiy — Coca-Cola Ichimligi shirkati boʻlib, u musobaqaning tashkiliy va moddiy jihatlarini taʼminlaydi.
Ishtirokchilarga OTM talabasi boʻlish shartligi belgilangan. Professional futbolchi/futzalchilar musobaqada ishtirok eta olmaydi. 2022-yili respublika miqyosida oʻtkazildi. 2023-yilda oʻtkazilmagan. 2024, 2025 va 2026-yilgi mavsumlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazildi.
Tarixi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2019-yil 5-dekabrda „Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaror, 2021-yil 5-noyabrda „Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va Workout sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaror hamda 2023-yil 7-aprelda „Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilingan.
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan talabalar oʻrtasida futbol turnirini oʻtkazish tashabbusi ilgari surilgan📋 Talaba yoshlar oʻrtasida „Studentʼs Cup“ musobaqasi oʻtkaziladi. Tashabbus Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
2022 2022-yilning 18-aprel kuni talabalar oʻrtasida Students Cup musobaqasi oʻtkazilishiga kelishib olinganTalaba yoshlar oʻrtasida „Studentʼs Cup“ musobaqasi oʻtkaziladi.
Toshkent shahri bosqichida 42 ta OTM musobaqada ishtirok etdi. 1-bosqichda 21 ta uchrashuv tashkil etildi. Gʻolib jamoalar 1/16 final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Magʻlub jamoalar esa 2-bosqichda ishtirok etdi. 2-bosqichda 1-bosqichda magʻlub boʻlgan 21 ta jamoa savatchaga joylandi. Qur’a yordamida omadi kelgan 1 ta jamoa aniqlab olindi va u toʻgʻridan-toʻgʻri 1/16 final chiptasiga ega chiqdi. Qolgan 20 ta jamoa esa 10 ta juftlikka ajratildi. Juftliklarda magʻlub boʻlgan jamoalar musobaqa bilan xayrlashdi, gʻolib boʻlgan 10 ta jamoa 1/16 finalga yoʻl oldi. 1/16 finaldan boshlab finalga qadar jamoalar olimpiya tizimida ishtirok etdi. Bunda magʻlub jamoalar musobaqa bilan xayrlashdi, gʻolib navbatdagi bosqichga yoʻl oldi. Barcha bosqich uchun alohida qur’a tashlandi. Bosqichlar ketma-ketlikda 13, 14, 15, 17, 18, 20, 21-may sanalarida boʻlib oʻtdi.
Samarqand viloyati bosqichida 11 ta OTM musobaqada ishtirok etdi. Bunda 11 ta jamoa qur’a yordamida 3 ta guruhga ajratib olindi. Mos ravishda A va B guruhlaridan 4 tadan jamoa, D guruhidan esa 3 ta jamoa oʻrin oldi. Guruhlarda barcha jamoalar oʻzaro bir martadan maydonga tushdi. Guruh uchrashuvlari yakuniga koʻra, A va B guruhida soʻnggi oʻrinni egallagan jamoalarning natijalari nolga tenglashtirib yuborildi va har uch guruhning 3 tadan jamoasi ishtirok etgan oʻzaro oʻyinlar natijasi hisobga olindi. Yakunda, guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan uch jamoa ichidan eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgani yarim finalga yoʻl oldi. Shuningdek, guruh gʻoliblari ham yarim finalda ishtirok etdi. Yarim final uchun alohida qur’a tashlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 10 ta OTM musobaqada ishtirok etdi. Bunda 10 ta jamoa qur’a yordamida 3 ta guruhga ajratib olindi. Mos ravishda A va B guruhlaridan 3 tadan jamoa, D guruhidan esa 4 ta jamoa oʻrin oldi. Guruhlarda jamoalar oʻzaro bir martadan maydonga tushadi. Guruh uchrashuvlari yakuniga koʻra, D guruhida soʻnggi oʻrinni egallagan jamoaning natijalari nolga tenglashtirib yuborildi va har uch guruhning 3 tadan jamoasi ishtirok etgan oʻzaro oʻyinlar natijasi hisobga olinadi. Yakunda, guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan uch jamoa ichidan eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgani yarim finalga yoʻl oldi. Shuningdek, guruh gʻoliblari ham yarim finalda ishtirok etdi.
Sirdaryo va Navoiy viloyatlari bosqichida 2 ta OTM musobaqada ishtirok etdi. Bunda jamoalar oʻzaro ikki marta maydonga chiqdi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra yaxshiroq koʻrsatkich qayd etgan jamoa respublika bosqichiga yoʻl oldi.
Toshkent va Fargʻona viloyatlari bosqichida 8 ta OTM musobaqada ishtirok etdi. Bunda 8 ta jamoa qur’a yordamida 2 ta guruhga ajratib olindi. Guruhlarda jamoalar oʻzaro bir martadan maydonga tushdi. Guruhlarda dastlabki ikki oʻrinni egallagan jamoalar yarim final chiptasiga ega boʻldi. Yarim finalda oʻz guruhida yetakchi boʻlgan jamoa qoʻshni guruhning ikkinchi jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.
Andijon, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bosqichida 6 ta OTM musobaqada ishtirok etdi. Bunda 6 ta jamoa qur’a yordamida 2 ta guruhga ajratib olindi. Guruhlarda barcha jamoalar oʻzaro bir martadan maydonga tushdi. Guruh uchrashuvlari yakuniga koʻra har bir guruhning eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan 2 tadan jamoasi yarim finalga yoʻl oldi.
Buxoro viloyati bosqichida 5 ta OTM musobaqada ishtirok etadi. 5 ta jamoa qur’a yordamida A va B guruhlariga ajratib olindi. Bunda A guruhida 3 ta va B guruhida 2 ta jamoa ishtirok etdi. A guruhi jamoalari oʻzaro bir martadan toʻqnash keladi. B guruhdagi ikki jamoa oʻzaro ikki bor maydonga tushdi.
Jizzax viloyati bosqichida 4 ta, Namangan viloyati bosqichida esa 3 ta OTM musobaqada ishtirok etdi. Barchasi oʻzaro bir martadan maydonga tushdi.
Finalda Andijon davlat universitetining „AnDU“ jamoasi gʻolib boʻlgan, Namangan davlat universitetining „NamDU“ jamoasi kumush medalni, Samarqand davlat universitetining „SamDU“ jamoasi bronza medalni qoʻlga kiritgan„Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz“ shiori ostida mini futbol boʻyicha „Students cup“ musobaqasiga start berildi„Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz“ shiori ostida mini futbol boʻyicha „Coca Cola Students cup“ musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar