Viktor Vasilyevich Chistyakov (1937-yil 14-mart, Moskva, SSSR – 2006-yil 22-noyabr, Moskva, Rossiya) – sovet futbolchisi (hujumchi, yarim himoyachi pozitsiyasilarida oʻynagan) va futbol murabbiyi. SSSR sport ustasi. 1958-yil SSSR chempioni va SSSR kubogi gʻolibi boʻlgan.
Futbolchi faoliyati Viktor Moskvadagi yoshlar futbol maktabi (FShM, Moskva) tarbiyalanuvchisi. Chistyakov FShM jamoasidagi faoliyatini 1955-yilda boshlagan. 1956-yilda Moskvaning „Spartak“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan. Viktor 1957-yil 28-iyun kuni qizil-oqlarning asosiy jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Viktor 1960-yil 15-aprelda „Spartak“ klubi safida ilk golini urgan. 1958-yilda SSSR chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritgan va shu bilan birga SSSR kubogida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Hammasi boʻlib, Viktor „Spartak“ jamoasi tarkibida 57 ta oʻyin oʻtkazgan (SSSR chempionatida 51 ta va SSSR kubogida 6 ta oʻyin oʻtkazgan) va 3 ta gol urgan. Moskvaning „Spartak“ jamoasining oʻrinbosarlar jamoasida 54 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan.
1963-yilda SSSR „A“ toifasining ikkinchi kichik guruhida „Mehnat zahiralari“ (Lugansk) jamoasi tarkibida oʻynagan. Oʻsha yili Viktor Volgogradning „Traktor“ ga koʻchib oʻtgan. Traktor jamoasi safida „A“ ligasining ikkinchi kichik guruhida oʻynagan. Keyingi mavsumdayoq Zaporojyening „Metallurg“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Metallurg klubi tarkibida raqobatda yutqazgan va oʻz oʻrniga ega boʻlmay, 1966-yilda Oʻzbekiston SSRning „Politotdel/Doʻstlik“ klubiga (Toshkent viloyati) koʻchib oʻtgan. Viktor Toshkent viloyati jamoasi tarkibida „A“ ligasining 2-guruh final turnirida ishtirok etgan. 1968-yilgi mavsum oxirida u futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Chistyakov murabbiy sifatida ishlay boshlagan. 1969-yilda Kansk shahrining „Urojay“ (keyinchalik „Stroitel“) jamoasiga murabbiy etib tayinlangan va „B“ toifali ligada ikki yil davomida ishlagan. 1971-yilda u „Kolos“ KFC jamoasini boshqargan.
Yangi klubida Chistyakov SSSRda qishloq futboli yetakchilaridan biriga aylangan jamoani yaratgan. Ostankino sovxozi jamoasini boshqargan va 15 yil davomida bir necha bor Rossiya va Butunittifoq Oltin kubogini qoʻlga kiritganSorevnovaniya na Kubok „Zolotoy kolos“ bili uchrejdeni ЦК ВЛКСМ, Federatsiey futbola SSSR i redaksiey gazeti „Selskaya jizn“, s selyu populyarizatsii futbola na sele. Organizatsiey sorevnovaniy zanimalos v pervuyu ochered Dobrovolnoe sportivnoe obщestvo „Urojay“ (pozdnee Tsentralniy sovet selskix dobrovolnix sportivnix obщestv (TsS SDSO) SSSR). Turnir bil odnim iz samix massovix v sovetskom futbole, tak v 1977 godu v nyom uchastvovali bolee 50 tisyach komand, v kotorix igrali okolo milliona futbolistov. Imenno v kubke „Zolotoy kolos“ nachinali svoy put v visshie esheloni sovetskogo futbola takie komandi kak "Kolos" (Nikopol), "Kotayk" (Abovyan), "Guriya" (Lanchxuti), "Niva" (Vinnitsa) i ryad drugix. Istochnik: "Istoriya Kubka „Zolotoy Kolos“" .
1972-yilda Chistyakov jamoasi oʻz tarixida birinchi marta SSSRdagi eng kuchli qishloq jamoasiga aylangan. 1985-yilgi mavsum oxirida Chistyakov Ostankinoning „Urojay“ jamoasini tark etgan va keyingi yili Metallurg oʻsmirlar sport maktabi (Vidnoe) murabbiyi boʻlgan„Vtoroe zoloto“ .
Faoliyat statistikasi Oʻyinlar va urilgan gollar haqidagi maʼlumotlar har doim ham toʻliq emas. Toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar ↑ bilan koʻrsatilgan. +Klub faoliyatiKlubMavsumLigaSSSR chempionatining turli ligalarida klub uchun oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar soniKubokSSSR kubogida oʻyinlar va gollar soni BoshqaKlubning oʻrinbosarlar turniridagi oʻyinlari va gollari soni.JamiOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFShM (Moskva)1955??10001↑0↑Jami??10001↑0↑Spartak (Moskva)19560000?0?01957300020023019581703040240195910006272196021300102231961300011214219626020132212Jami5136054↑6111↑9Trud. rezerv (Lugansk)1962????00??196320000020Jami2↑0↑??002↑0↑Traktor (Volgograd)19631420000142Jami1420000140Metallurg (Zaporoje)19643510020371196500009090Jami35100110461Politotdel/Doʻstlik (Toshkent. vil.)196638210003921967351000035119682300000230Jami9631000973
Yutuqlar
SSSR chempioni 1958-yil. SSSR kubogi gʻolibi: 1958-yil Butunittifoq „Oltin Kolos“ kubogi sovrindori: 1972, 1987 Butunrossiya Oltin Kolos kubogi sovrindori: 1974, 1979, 1983
Manbalar
Havolalar Viktor Chistyakov Spartak (Moskva) veb-saytidagi profil Viktor Chistyakov Spartak Moskva – material veb-saytidagi profil Viktor Chistyakov Fanat1k.ru veb-saytidagi profil
Viktor Chistyakov Futbol.lg.ua saytidagi profil
Turkum:14-martda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:22-noyabrda vafot etganlar Turkum:2006-yilda vafot etganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:FC Zorya Lugansk futbolchilari Turkum:FC Rotor Volgograd futbolchilari Turkum:FC FShM Moskva futbolchilari Turkum:FC Metalurg Zaporojye futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari