Quyi Sileziya voyevodaligi () – Polshaning 16 ta voyevodeligidan (viloyatlaridan) biri boʻlib, mamlakatning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 19,946 kvadrat kilometr (7,701 kvadrat milya). 2019-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, umumiy aholisi soni 2,899,986 kishini tashkil etadi.
Ushbu hudud Polshaning eng boy voyevodeliklaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yerda mis, qoʻngʻir ko‘mir va tog‘ jinslari kabi tabiiy resurslar keng tarqalgan.
Odra daryosi boʻyida joylashgan Wrocław shahri uning poytaxti va eng yirik shahri hisoblanadi. Voyevodelikda bir nechta kurort shaharlari, koʻplab qal’alar va saroylar hamda bir nechta changʻi kurortlari mavjud boʻlgan Giant tog‘lari joylashgan. Shu sababli ham turizm ushbu mintaqa iqtisodiyotining katta qismini tashkil etadi.
Tarixi Soʻnggi 1,200 yil ichida bu hudud Buyuk Moraviya, ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda Polsha qirolligi, Bohemia qirolligi, Vengriya qirolligi, Habsburg monarxiyasi (Avstriya), Prussiya qirolligi, Germaniya imperiyasi va 1945-yildan keyin hozirgi Polsha tarkibida boʻlgan.
Sileziya qabilalari ushbu hududlarga Buyuk koʻchish davridan keyin, birinchi mingyillikning oxirida kelib oʻrnashishgan. IX asrda mintaqa Svatopluk I tomonidan bosib olingan va Buyuk Moraviya tarkibiga kirgan. X asrda esa Piast sulolasidan boʻlgan Mieszko I uni Polsha davlati tarkibiga qoʻshib olgan. Mintaqa Niemcza (1017) va Głogów qamallarida (1109) nemis bosqinchilariga qarshi kurashgan va gʻalabaga erishgan. Bu ikki gʻalabani xotirada abadiy saqlash uchun yodgorliklar oʻrnatilgan. 1138-yilda Bolesław III Wrymouth vasiyatidan soʻng, Sileziya Piastlari gersoglarining avlodlari tomonidan boshqariladigan kichik qirolliklarga boʻlingan. XII asr boshlarida yozilgan „Gesta principum Polonorum“ solnomasida Vroclav Krakov va Sandomierz bilan birga Polsha Qirolligining uchta asosiy markazidan biri sifatida qayd etilgan. 1241-yilda bu yerda Polshaga moʻgʻul bosqinchilarining eng yirik jangi – Legnitsa jangi sodir boʻlgan. Ostsiedlung jarayoni bilan madaniy va etnik german taʼsiri Muqaddas Rim imperiyasining nemis tilida soʻzlashuvchi hududlaridan kelgan muhojirlar oqimi tufayli kuchaydi. 1330-yillardan boshlab bu hudud Bohemia qirolligiga boʻysundirildi, garchi Quyi Sileziyaning katta qismi hali ham Piast, Yagellonlar va Sobieski sulolasi boshchiligidagi Polsha gersogliklaridan iborat edi, ularning baʼzilari 17-18-asrlargacha saqlanib qolgan. Hududning oʻrta asrlardagi asosiy gersoglik poytaxtlari Wrocław, Legnica, Głogów, Świdnica va Jawor edi. Quyi Sileziya oʻrta asrlarda Polshaning madaniy markazlaridan biri boʻlgan. Polyak tilida yozilgan eng qadimgi maʼlum jumlani oʻz ichiga olgan Genrikov kitobi (1273), shuningdek, polyak tilidagi eng qadimgi bosma matnni oʻz ichiga olgan hujjat ham shu yerda yaratilganAllen Kent, Harold Lancour, Jay E. Daily, Encyclopedia of Library and Information Science, CRC Press, 1978, pg. 3, . Polshada birinchi shahar imtiyozlarini berish ham aynan shu mintaqada sodir boʻlgan boʻlib, bunga Genrix Soqolli Zlotoriyaga huquqlar bergan. Genrix Soqolli tomonidan tashkil etilgan Lvuvek-Shlonski va Shroda-Shlonskadan keyin shakllangan oʻrta asr shahar huquqlari Polshaning bir nechta shahar va qishloqlari uchun mahalliy boshqaruv shaklining asosiga aylandi va oʻrta asr shahar huquqlarining beshta mahalliy Polsha variantlaridan ikkitasini tashkil etdi. Voyevodalikda Piast sulolasidan boʻlgan oʻrta asrlardagi Polsha hukmdorlarining dafn joylari joylashgan.
1469-yilda Quyi Sileziya Vengriyaga oʻtdi va 1490-yilda Bogemiyaga qaytdi, keyin Yagellonlar sulolasi tomonidan boshqarildi, soʻngra u bilan birga Gabsburglar imperiyasining bir qismiga aylandi (1526). 1742—1744-yillarda hudud Prussiya qirolligi tomonidan bosib olindi va keyinchalik Germaniya imperiyasi tarkibiga kirdi (1871). Asrlar davomida Quyi Sileziya protestant islohoti, Sileziya urushlari, Napoleon urushlari, sanoatlashtirish va ikkita jahon urushi kabilarni boshdan kechirdi. Ikkinchi jahon urushidan oldin va urush davrida mintaqadagi polyak va yahudiy aholi natsistlar Germaniyasi tomonidan taʼqib qilingan. Urush paytida Germaniya mintaqada koʻplab qamoqxonalar va lagerlarni, xususan, Gross-Rosen konsentratsion lageri va turli millatga mansub Ittifoqchi harbiy asirlari uchun Stalag VIII-A lagerini boshqargan. Ularning har ikkisi ham mintaqa boʻylab va undan tashqarida joylashgan koʻplab kichik lagerlarga, jumladan Riese loyihasidagi majburiy mehnat lagerlariga ega edi. Shuningdek, Vonsoshda 5 yoshgacha boʻlgan, „Life unworthy of life“ (irqiy qadrsizlik) deb hisoblangan oʻgʻirlab ketilgan polyak bolalari uchun lager va Volovdagi yoshlar qamoqxonasi mintaqada bir nechta majburiy mehnat lagerlari bilan birga mavjud edi. Kamieniec Ząbkowicki esa ruhiy kasal bolalarni majburiy evtanaziya qilish orqali oʻldirishga qaratilgan T4 operatsiyasi dasturi amalga oshirilgan joy boʻlgan. 1945-yilda urushdan keyingi Potsdam konferentsiyasida kelishilganidek, Quyi Sileziya yana Polshaning bir qismiga aylandi. Natijada, Quyi Sileziya 1945-1950-yillar oraligʻida urushdan oldingi aholisini deyarli butunlay yoʻqotdi. Sovetlar tomonidan mulki musodara qilingan Polsha fuqarolari keyinchalik boʻshab qolgan yerlarga joylashtirildi.
Mintaqa 1999-yil 1-yanvarda 1998-yilda qabul qilingan Polsha mahalliy boshqaruv islohotlaridan soʻng, sobiq Wrocław, Legnica, Wałbrzych va Jelenia Góra voyevodaliklaridan tashkil topgan.
Turizmi
Turizm Quyi Sileziya voyevodaligi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yerda 99 ta qal’a va yuzlab saroylar mavjud. Ularning koʻpchiligi Jelenia Góra Valleyda joylashgan.
Wrocław voyevodaligidagi eng katta shahar boʻlib, Bozor maydoni, Sobor oroli va Vrotslav gnomlari kabi koʻplab diqqatga sazovor joylar va attraksionlarga ega. Bu yerda har yili iyun oyida Yaxshi pivo festivali oʻtkaziladi.
Xalqaro Shopen festivali har yili Duszniki-Zdrój shahrida joylashgan Frederik Shopen teatrida oʻtkaziladi. Shaharning yana bir asosiy diqqatga sazovor joyi 17-asrga oid qogʻoz fabrikasida tashkil etilgan Qogʻoz tayyorlash muzeyidir.
Sněžka Quyi Sileziya voyevodaligi va butun Sudet togʻlarining eng baland choʻqqisi hisoblanadi.
Voyevodalikda Polshaning boshqa hududlariga qaraganda koʻproq, 11 ta kurort shaharlar mavjud (Długopole-Zdrój, Duszniki-Zdrój, Jedlina-Zdrój, Kudowa-Zdrój, Lądek-Zdrój, Polanica-Zdrój, Przerzeczyn-Zdrój, Szczawno-Zdrój, Świeradów-Zdrój).
Bu yerda Wrocław Milliy muzeyi va Racławice panoramasi muzeyi, shuningdek Wrocław Arxiyepiskoplik muzeyi kabi turli xil muzeylar mavjud. Środa Śląskadagi Mintaqaviy muzey 20-asr Yevropasining eng qimmatli arxeologik topilmalaridan biri, oʻrta asr oltin va kumush tangalari, taqinchoqlar va qirollik regaliylaridan iborat Środa xazinasini saqlaydi. Wrocławdagi Ossolineum katta ahamiyatga ega boʻlgan Milliy institut va Kutubxona hisoblanadi. Uning filiali hisoblangan Pan Tadeusz muzeyidir. Undan Adam Mickiewiczning Polsha milliy eposi qoʻlyozmasi Pan Tadeusz joy olgan. Oʻrta asrlardan beri kulolchilik markazi boʻlgan Bolesławiecda Keramika muzeyi joylashgan. Złoty Stok va Złotoryjadagi sobiq oltin konlari, Krobicadagi qalay va kobalt konlari, Nowa Rudadagi koʻmir koni va Kowarydagi uran rudasi konlari sayyohlar uchun ochiq. Shuningdek, Kłodzko shahri ostidagi tarixiy yertoʻlalarda yer osti sayyohlik yoʻnalishi mavjud.
Quyi Sileziyada uchta Jahon merosi obyektlari va Polshaning 15 ta tarixiy yodgorliklar roʻyxatidagi obyektlar mavjud: Jawor and Świdnicadagi Tinchlik ibodatxonalari (ikkalasi ham roʻyxatga kiritilgan) Wrocławdagi Yubiley zali (ikkalasi ham roʻyxatga kiritilgan) Qogʻoz tayyorlash muzeyi (Butunjahon merosi obyektlari dastlabki roʻyxatiga kiritilgan) Jelenia Góra vodiysidagi saroy va landshaft bogʻlari Kamieniec Ząbkowickidagi abbatlik va saroy hamda bogʻ ansambli Baroque uslubidagi Krzeszów abbatligi (u yerda Polshadagi eng qadimiy va Yevropadagi eng qadimiy Mariya ikonalaridan biri boʻlgan Inoyatli Bibi Maryam ikonasi saqlanadi); Piast sulolasining dafn joylaridan biri Baroque uslubidagi Benedictine abbatligi va Avliyo Yadviga bazilika ibodatxonasi, Legnitske-Pole Srebrna Góra qalʼasi Gotika uslubidagi Avliyo Pyotr va Pavel bazilika ibodatxonasi Gotik uslubidagi Świdnica ibodatxonasi Sobiq Cistercian abbatligi va Avliyo Jadwiga ibodatxonasi, Piast sulolasining dafn joylaridan biri Wrocław Eski shahri Ziębicedagi Romanika-Gotik uslubidagi Avliyo Georgiy ibodatxonasi Żórawinadagi Gotik-Manerism uslubidagi Avliyo Uchlik ibodatxonasi
Geografiyasi
Mintaqaning katta qismi tekislikdan iborat boʻlsa-da, Quyi Sileziya voyevodaligi Sudeten tekisliklari hamda Polsha va Chexiya chegarasi boʻylab choʻzilgan Sudet togʻlarining bir qismini oʻz ichiga oladi. Quyi Sileziya voyevodaligidagi togʻ-changʻi kurortlari orasida Karkonosze togʻlarida joylashgan Karpacz va Szklarska Poręba mashhurdir.
Polshaning eng katta oʻrmoni boʻlgan Quyi Sileziya oʻrmoni asosan ushbu voyevodalik hududida joylashgan. Henryków Lubański qishlogʻida Polshaning eng qadimiy daraxti, 1200 yillik Tiss daraxti mavjud boʻlib, u tabiiy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.
Quyi Sileziya voyevodaligida koʻplab mineral manbalar mavjud boʻlib, turli kurort shaharlariga ega. Voyevodalikning eng baland nuqtasi Sněžka togʻi (dengiz sathidan 1603 metr balandlikda) va eng past nuqtasi Oder daryosi vodiysida (dengiz sathidan 69 metr balandlikda) joylashgan.
Quyi Sileziya voyevodaligi shimoli-gʻarbda Lubusz voyevodaligi, shimoli-sharqda Katta Polsha voyevodaligi, janubi-sharqda Opole voyevodaligi, janubda Chex Respublikasi (Hradec Králové, Liberec, Olomouc va Pardubice viloyatlari) va gʻarbda Germaniya (Saksoniya) bilan chegaradosh.
Transport tizimi Wrocław aeroporti xalqaro va ichki reyslarga xizmat koʻrsatadi.
Wrocław Glowny Polshaning eng yirik temir yoʻl stansiyasi boʻlib, har yili oʻrtacha 21,2 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. Ushbu stansiya turli tashuvchilarning ichki va xalqaro yoʻnalishlariga xizmat qiladi.
Voyevodalik hududidan A4 avtomagistrali, A8 avtomagistrali, A18 avtomagistrali, S3 tezkor yoʻli, S5 tezkor yoʻli va S8 tezkor yoʻli oʻtadi.
Iqtisodiyoti
Voyevodalikning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2018-yilda 41,1 milliard yevroni tashkil etgan boʻlib, bu Polsha yalpi ichki mahsuloti 8,3 foizini tashkil qiladi. Xarid qobiliyati pariteti boʻyicha oʻzgartirilgan jon boshiga YaIM 23,400 yevro yoki 2018-yilda Yevropa Ittifoqiga aʼzo 27 davlat oʻrtachasining 78 foizini tashkil etdi. Kishi boshiga YaIM Yevropa Ittifoqining oʻrtacha koʻrsatkichining 85 foizini tashkil etdi. Quyi Sileziya Voyvodasligi Polshadagi jon boshiga YaIM boʻyicha ikkinchi oʻrinda turuvchi voyevodalik hisoblanadi. + Quyi Sileziya Voyevodasligi va Polshadagi jon boshiga YaIM Quyi Sileziya Voyevodasligi Jon boshiga YaIM Polsha Jon boshiga YaIM 2000 $10 440 (+2.8%) 2000 $10 140 (+4.0%) 2005 $13 060 (+4.9%) 2005 $12 600 (+3.5%) 2006 $13 700 (+7.3%) 2006 $13 020 (+6.2%) 2007 $14 980 (+9.5%) 2007 $13 760 (+6.5%) 2008 $16 030 (+7.2%) 2008 $14 450 (+5.0%) 2009 $16 350 (+2.0%) 2009 $14 720 (+1.9%)
Shahar va qishloqlari
Voyevodalikda 8 ta shahar va 83 ta qishloq mavjud. Shaharni Burgomistr () boshqaradi. Shaharlar quyida aholi soni boʻyicha kamayish tartibida keltirilgan (2019-yil holatiga koʻra):
Shaharlari
Qishloqlari
Maʼmuriy boʻlinishi
Quyi Sileziya voyevodaligi 30 ta okrugga (powiatlar) boʻlingan, ularning toʻrttasi shahar-okruglaridir. Bular oʻz navbatida 169 ta gminalarga boʻlinadi.
Quyi Sileziya voyevodalik hukumati tomonidan boshqariladigan uchta qoʻshimcha tumanlarga boʻlingan, bunda Wrocław maʼmuriy hududning poytaxti vazifasini bajaradi:
Wałbrzych tumani – Świdnica, Kłodzko, Ząbkowice Śląskie, Dzierżoniów powiatlari.
Legnica tumani – Głogów, Jawor, Lubin, Polkowice, Złotoryja powiatlari.
Jelenia Góra tumani – Boleslawiec, Kamienna Góra, Luban, Lwówek Śląski, Zgorzelec powiatlari.
Okruglar quyidagi jadvalda keltirilgan (toifalar ichida aholi soni boʻyicha kamayish tartibida):