Gʻolibbek Mirzayorov – oʻzbekistonlik para velosportchi. Faoliyati Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Para-Osiyo oʻyinlarida para-velosportning trek poygalarida ishtirok etgan. Marraga ikkinchi boʻlib yetib kelgan va kumush medalga sazovor boʻlgan.
2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston nomidan qatnashdi. Para velosport boʻyicha erkaklar oʻrtasida C2 klassida ishtirok etgan Gʻolibbek Mirzayorov 7-oʻrinni band etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Paralimpiyachi erkaklar