Bahraynlik sportchilar 2000-yilning 15-sentyabridan 1-oktyabriga qadar Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu musobaqa mamlakat uchun ketma-ket 5-Yozgi Olimpiada oʻyinlari hisoblanadi. Delegatsiya tarkibida jami 4 nafar sportchi, jumladan, sprinter Maryam Muhammad Hadi al-Hilli, oʻrta masofaga yuguruvchi Muhammad Solih Hadj Haydara hamda qisqa masofaga suzuvchi ikki nafar sportchilar Davud Yusuf Muhammad Jassim va Fotima Hamid Gerashi boʻlgan. Al-Hili va Gerashining Bahrayn delegatsiyasi tarkibiga qoʻshilishi orqali tarixda ilk marotaba Fors koʻrfazi arab davlatlari ayol sportchilari Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Toʻrttala sportchidan birortasi ham musobaqaning dastlabki saralash bosqichlaridan oʻta olmagan. Bahrayn delegatsiyasiga eng yaxshi natijalar ikki sportchi Haydara va Jassim tomonidan olib kelingan. Haydara erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish bahslari saralash bosqichida, Jassim esa suzish boʻyicha erkaklar oʻrtasida 100 metrga suzish boʻyicha saralash bosqichida 7-oʻrinni egallagan. Gerashi ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etish chogʻida notoʻgʻri start olganligi tufayli musobaqadan diskvalifikatsiya qilingan. Al-Hilli esa saralash bosqichining 100 metrga yugurish bahslarida 8-oʻrinni egallagan.

Tavsifi Bahrayn Olimpiya qoʻmitasi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan 1979-yil 1-yanvarda tan olingan. Mamlakat sportchilari ilk bor 1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Sidney Olimpiadasi esa ular uchun ketma-ket 5-Yozgi Olimpiada musobaqalari boʻlgan. Biroq bahraynlik sportchilarning hech biri ushbu Olimpiada medallarini qoʻlga kirita olmagan. 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari 15-sentyabrdan 1-oktyabrga qadar oʻtkazilgan. Jami 199 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan umumiy hisobda 10 651 nafar sportchi musobaqaga tashrif buyurgan. Bahrayn delegatsiyasi musobaqaga 4 nafar sportchilarni yuborgan. Delegatsiya tarkibi sprinter Maryam Muhammad Hadi al-Hilli, oʻrta masofaga yuguruvchi atlet Muhammad Solih Hadj Haydara, qisqa masofaga suzuvchi Davud Yusuf Muhammad Jassim va Fotima Hamid Gerashidan iborat boʻlgan. Al-Hilli va Fotima Hamid Fors koʻrfazi arab davlatlari nomidan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan ilk ayol sportchilarga aylangan. Millatlar paradida Davud Yusuf Muhammad Jassim bayroqdor boʻlgan.

Ishtirokchilar Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati Sidney shahrida boʻlib oʻtgan 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Bahrayn sharafini jami 2 ta sport turi boʻyicha 4 nafar sportchi himoya qilgan. SportErkaklarAyollarJamiYengil atletika112Suzish112Jami224

Yengil atletika

thumb|Haydara va al-Hilli yengil atletika musobaqalarida ishtirok etgan Avstraliya stadioni Muhammad Solih Hadj Haydara Sidney Olimpiadasi paytida 25 yoshda boʻlgan. Ushbu musobaqa sportchi uchun ilk Olimpiada oʻyinlari edi. Muhammad Solih musobaqaga yoʻllanmani XOQ tomonidan taqdim etiladigan maxsus yoʼllanma – wild card orqali qoʻlga kiritgan. Haidara 2000-yilning iyun oyida Chexiya poytaxti Pragada oʻtkazilgan yengil atletika boʼyicha erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish bahslarida 1:50.57 soniya natijani qayd etgan. Ushbu natija musobaqaning „B“ saralash meʼyorlaridan 3.37 soniyaga sekinroq boʻlgan. 23-sentyabr kuni erkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish boʻyicha 1-davra bahslari boʻlib oʻtgan, Haydara esa ushbu davra bahsida 6-guruhdan oʻrin olgan. Sportchi 1:56.64 soniya koʻrsatkichni qayd etgan holda finish chizigʻiga 7-boʻlib yetib kelgan va guruhdagi barcha sportchilar orasida oxirgi oʻrinni egallagan. Shuningdek, har bir saralash guruhida eng yaxshi natijani qayd etgan 2 nafardan hamda saralash bosqichining barcha 10 ta turida eng yaxshi natijani koʻrsatgan 8 nafar atletga keyingi bosqich, yaʼni yarim final bahslarida ishtirok etishga ruxsat berilgan. Haydara dastlabki saralash bahslaridan oʻta olmagan. Umumiy natijalarga koʻra, eng past koʼrsatkich yamaykalik sportchi Marvin Watts tomonidan qayd etilgan, sportchi belgilangan masofani 1:59.97 soniyada bosib oʼtgan.

Maryam Muhammad Hadi al-Hilli Sidneydagi oʻyinlarda ishtirok etayotgan chogʻida 16 yoshda boʻlib, bu uning ilk va oxirgi Olimpiada oʻyinlari edi. Maryam Muhammad saralash oʻyinlarida kerakli natijani qayd eta olmagan, shu sababli XOQ tomonidan taqdim etiladigan wild card orqali ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahslarida ishtirok etishga ruxsat olgan. Musobaqa qatnashish uchun sportchi otasi bilan maslahatlashgan. Oʻyinlar oldidan al-Hilli shunday degan edi:

Maryam 22-sentyabr kuni musobaqaning saralash bosqichi 8-guruhidan oʻrin olgan, biroq sportchi musobaqa jarayonida notoʻgʻri start olganligi bois eng yaxshi shaxsiy koʻrsatkichi 13.98 soniyani qayd etgan holda oxirgi yaʼni 8-oʻrinni egallagan. Har bir turda eng yaxshi natijalarni qayd etgan 3 nafardan sportchi, shuningdek, barcha 10 ta turlar boʻyicha eng yuqori natijani koʻrsatgan 2 nafar atlet keyingi bosqichga yoʻl olgan, biroq al-Hilli musobaqaning keyingi bosqichiga oʻta olmagan.

Kalit soʻzlar

AtletMusobaqaSaralashChorak finalYarim finalFinalNatijaOʻrinNatijaOʻrinNatijaOʻrinNatijaOʻrinMuhammad Solih Hadj HaydaraErkaklar oʻrtasida 800 metrga yugurish1:56.647Keyingi bosqichga oʻta olmaganMaryam Muhammad Hadi al-HilliAyollar oʻrtasida 100 metrga yugurish13.98 PB8Keyingi bosqichga oʻta olmagan

Suzish

right|thumb|Sidney Olimpiya suv sporti markazida sportchilar Jassim va Gerashi suzish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan. Sport faoliyati davomida oʻzining birinchi va yagona Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashayotgan 20 yoshli Davud Yusuf Muhammad Jassim Sidneydagi musobaqalar vaqtida Bahrayn nomidan ishtirok etayotgan eng yosh erkak sportchi edi. Suzuvchiga Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishi uchun Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) tomonidan maxsus yoʻllanma berilgan, chunki Davud Yusuf tomonidan saralash musobaqalarida qayd etilgan 1:10 soniya natija erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin uslubda suzish boʻyicha „B“ saralash meʼyorlaridan 17.41 soniyaga sekinroq boʻlgan. 19-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan 1-bosqich saralash bahslarida Jassim 2-guruhdan oʻrin olgan. Suzuvchi poygani 1:2.45 soniyada yakunlab, oʻz guruhida barcha sportchilar orasida oxirgi yaʼni 7-oʻrinni egallagan. Umumiy natijalarga koʻra, sportchi 71 nafar ishtirokchilar orasida 70-oʻrinni egallagan va bu natija bilan yarim final bosqichiga oʻta olmagan, chunki faqat eng yaxshi natijani qayd etgan 16 nafar sportchigagina keyingi bosqichda ishtirok etish huquqi berilgan.

Fotima Hamid Gerashi 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida ishtirok etayotgan vaqtida 12 yoshda boʻlgan va Olimpiadaning barcha ishtirokchilari orasida eng yosh sportchi hisoblangan. U, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlaridan musobaqalarga tashrif buyurgan ilk ayol sportchi ham edi. XOQ Gerashiga musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi maxsus wild card taqdim etgan, shundan keyin sportchining ota-onasi ham qiziga Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat bergan. Gerashi 7 yoshidan boshlab suzish bilan shugʻullana boshlagan, keyinchalik Bahrayn suzish assotsiatsiyasi tarkibiga qoʻshilgan. Biroq mahalliy musulmonchilik urf-odatlariga koʻra, Hamid Gerashiga Sidney Olimpiya suv sporti markazida mashgʻulotlarni boshlaguniga qadar erkak sportchilar bilan birga suzish taʼqiqlangan. 22-sentyabr kuni Gerashi ayollar oʻrtasida birinchi guruhda 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan va 2 raqibiga qarshi bahs olib borgan. Sportchi 51.15 soniya natija bilan marraga 2-boʻlib yetib kelgan, biroq hakamlar uni start blokida tebranganligi uchun musobaqadan chetlashtirgan. Bu holatda sportchi hatto suvga birinchi boʻlib sakramagan boʻlsa ham uning urinishi false start yaʼni notoʻgʻri start deya baholangan. Garchi diskvalifikatsiyadan keyin Gerashining hafsalasi pir boʻlgan boʻlsa-da, sportchi ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida shunday degan edi:

Shunga qaramasdan, Sidney Olimpiadasida ishtirok etgan suzuvchi matbuotda maqtovlarga sazovor boʻlgan, chunki uning oʻyinlardagi ishtiroki Bahrayn hukumatining sport sohasida erkaklar va ayollar oʻrtasida tenglikni targʻib qilish boʻyicha koʻrsatgan tashabbusining bir qismi sifatida eʼtirof etilgan.

AtletMusobaqaSaralashYarim finalFinalVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinDavud Yusuf Muhammad JassimErkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin usulda suzish1:02.457Keyingi bosqichga oʻta olmaganFotima Hamid GerashiAyollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzishDiskvalifikatsiyaKeyingi bosqichga oʻta olmagan

Yana qarang

Bahrayn 2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida

Izohlar

Manbalar

Havolalar Olimpiada oʻyinlari rasmiy hisobotlari

Turkum:2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar Turkum:Bahrayn yillar boʻyicha Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkum:2000-yil Bahrayn sportida